Uyg‘urlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli Xitoydagi 28 ta tashkilot sanksiyaga uchradi

  • 10:41 / 08.10.2019
  • 733

Foto: AP Photo/Jacquelyn Martin

AQSh Savdo vazirligi 28ta Xitoy tashkilotini Xitoy uyg‘urlari bilan bog‘liq vaziyat tufayli sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqida AQSh hukumatining rasmiy hujjatlar to‘plamida ma’lumot berildi.


“Ushbu 28 tashkilot AQShning tashqi siyosiy manfaatlariga zid bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi”, – deyiladi matnda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur avtonom mintaqasidagi uyg‘ur, qozoq va boshqa musulmonlarga qarshi olib borilayotgan inson huquqlari buzilishida ishtirok etmoqda. 

Ta’kidlanishicha, cheklovlar ushbu tashkilotlar bilan bog‘liq obyektlarga nisbatan eksport va reeksportga nisbatan qo‘llaniladi, shuningdek, litsenziyalashni rad etish imkoniyatini ta’minlaydi.

Sinzsyan-Uyg‘ur avtonom viloyati Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, bu yerda mamlakatning eng ko‘p milliy ozchiliklaridan biri – uyg‘urlar yashaydi, ularning aksariyati musulmonlardir. Pekin bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hududda xalqaro terrorchi-islomchilar bilan bog‘liq bo‘lgan separatistik guruhlar mavjud. 2018-yil oxirida Xitoy hukumati Sinszyanda terrorizm va ekstremizm g‘oyalari ta’sirida odamlar o‘qitiladigan o‘quv markazlari faoliyat ko‘rsatayotganini tasdiqlagan.

Teglar