$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

1-apreldan AI-80 benzin narxi oshadi

09:13 / 16.03.2024

2024-yil 1-apreldan AI-80 markali benzin narxlari yana oshadi, chunki shu sanadan unga qoʻllaniladigan aksiz soligʻi miqdori koʻtariladi.

Shu sanadan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagicha oʻzgaradi:

1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz soligʻi:

➖ AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 soʻmdan 340 000 soʻmga (37 000 soʻmga);
➖ aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 soʻmdan 271 000 soʻmga (29 000 soʻmga);

➖ dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 soʻmdan 326 000 soʻmga (35 000 soʻmga);

➖ EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 soʻmdan 293 000 soʻmga (31 000 soʻmga);

2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi:

➖ AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 soʻmdan 633 000 soʻmga (68 000 soʻmga);

➖ dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 soʻmdan 578 000 soʻmga (68 000 soʻmga);

➖ suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 soʻmdan 904 000 soʻmga (96 500 soʻmga) oshishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlangʻich narxlari 2024-yil 1-apreldan boshlab aksiz soligʻi oʻzgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlangʻich narxlarda amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

“Markaziy Osiyo-2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
13:13 / 17.05.2024
“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muz…
09:38 / 18.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

Hozirda Rafahdan ko‘p sonli odamlar kelishi tufayli mintaqadagi vaziyat og‘ir.
17:38 / 17.05.2024
Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident Qarori qabul qilindi.
09:52 / 17.05.2024
O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
14:36 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!