$
12610.17 UZS
-9.84
135.24 UZS
-0.5
13526.93 UZS
4.59
26° Kechasi 12°

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

10:53 / 18.04.2024

 

Bojxona qo‘mitasida AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi bojxona hamkorligining hozirgi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qilgan. Tadbir doirasida Bojxona qo‘mitasida AQShning Eksport nazorati va chegara xavfsizligi (EXBS) dasturi doirasida 50 dona ST-40 ko‘rik majmuasini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan.

AQSh elchisi ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, AQSh elchixonasi Bojxona qo‘mitasi uchun dolzarb hisoblangan yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan mamnun ekanini qayd etgan.

AQShning Qurolsizlantirish va ularning tarqalishini oldini olish fondi loyiha boshqaruvchisi D.Xirsh esa kelgusida Bojxona qo‘mitasi uchun zarur bo‘lgan uskunalarni tanlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish mumkinligini bildirgan.

Shu bilan birga, uchrashuvda 18-19-aprel kunlari Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida AQShning EXBS dasturi tomonidan Bojxona qo‘mitasi xodimlari uchun ST-40 ko‘rik majmuasidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazilishi rejalashtirilib olingan.


Bu ham qiziq

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya – bu yurakning bir daqiqa davomida 60 tadan kam qisqarishi hisoblanadi.
10:34 / 01.05.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi

Qayd etilishicha, u tutun va kul ustunini 19 kilometr balandlikka uloqtirgan.
14:02 / 30.04.2024
Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Vertolyotning qulashi sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
12:36 / 30.04.2024
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan harakatlanadi.
16:36 / 30.04.2024
“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024
Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-aprel kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻing…
08:24 / 30.04.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bu haqida bayonot berdi.
16:29 / 29.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!