$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

AQShda inflyatsiya so‘nggi 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:06 / 22.06.2022

Dunyo tarixida davlatlarning iqtisodiy tanazzulga uchrashi yoki inflyatsiya holatlari ko‘p bor yuz bergan. Xuddi shunday, bu kabi holatlar hozirgi kunda ham turli mamlakatlarda turli darajada ro‘y bermoqda. Pulning qadrsizlanishi, aynan hozirgi xalqaro vaziyat fonida yana dolzarb mavzuga aylanmoqda.

Hozirda ro‘y berayotgan inqiroz ta’sirida bir qator mamlakatlarda inflyatsiya kuchayib bormoqda. Misol uchun, may oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 11% ga yetdi

BMT iqtisodchilarining prognoziga ko‘ra, 2022-yilda hattoki AQSh dollarining inflyatsiya darajasi ham 6,7% ni tashkil qilishi kutilmoqda. Bu AQShda so‘nggi 40 yil ichida kuzatilgan eng yuqori inflyatsiya ko‘rsatkichi hisoblanadi.

AQSh oziq-ovqat do‘konlarida narxlarning oshishi amerikaliklar 1970-yillardagi inqirozdan beri ko‘rmagan darajada tezlashdi.

2021-yilning mayidan 2022-yilning mayigacha ko‘plab mahsulot toifalari bo‘yicha inflyasiya 12 foizni tashkil etdi, deb yozadi CNN axborot agentligi, mamlakat Mehnat vazirligi ma’lumotlariga tayanib.

Narxlarning eng tez ko‘tarilayotgani asosiy tovarlardir, deya qayd etadi telekanal. Tuxum tannarxi huddi shu 12 oyda 32,2 foizga, parranda va baliq mahsulotlari esa 14,2 foizga va sut 11,8 foizga oshdi.

Maqolada aytilishicha, inflyatsiya ma’lumotlari iste’molchilar uchun “uch karra zarba” bo‘ldi. Narxlarning keskin sakrashi nafaqat oziq-ovqat, balki uy-joy va elektr energiyasi uchun ham qayd etilgan.

AQShda kuzatilayotgan ushbu vaziyatga mamlakat fuqarolari va ekspertlar prezident Jo Baydenni sababchi qilib ko‘rsatishmoqda. Hatto AQShning “New York Post” nashri bu haqda “bidenflation” ya’ni “baydening inflyatsiyasi” sarlavhasi ostida maqola ham chop etdi.

Prezident Bayden esa mamlakat iqtisodiyotida kuzatilayotgan inflyatsiya uning “rag‘batlantiruvchi” sarf-xarajatlarini kuchaytirganligi haqidagi tanqidni rad etib, bunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning benzin narxlarini oshirib yuborganligini sabab qilib ko‘rsatgan.

Nima ham derdik, mamlakat iqtisodiyotidagi inflyatsiyaga kim yoki nima sababligini vaqt ko‘rsatadi.

 


Bu ham qiziq

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

Mamlakat hukumati halokatga uchragan vertolyot bortidagi prezident Ibrohim Raisiy va boshqalarning halok bo‘lgani munosabati…
11:29 / 20.05.2024
COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

FLiRT’ga xos simptomlar koronavirus uchun standartdir.
11:17 / 20.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!