$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
29° Kechasi 18°

Aripov Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashdi

08:20 / 12.03.2024

Kecha, 11-mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasini qabul qildi.

Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtayi nazaridan muhim ekanini, shuningdek so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Bosh vazir, dastlab, Prezident Emomali Rahmonga O‘zbekiston Yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki Davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Shuningdek, 2022-yil iyun oyida O‘zbekistonda Oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalqlarimiz manfaatlariga to‘la javob berishini qayd etdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.


Bu ham qiziq

Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani ochiqlandi

Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani ochiqlandi

Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hudud Toshkent shahridir.
14:18 / 16.05.2024
Isroil BMTning Falastin huquqlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini rad etdi

Isroil BMTning Falastin huquqlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini rad etdi

Isroil hukumati o‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasining falastinliklarni BMTga to‘liq a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya qi…
12:04 / 16.05.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 35,2 ming kishidan oshdi

G‘azodagi qurbonlar soni 35,2 ming kishidan oshdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 39 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, 64 nafari yaralandi.
17:47 / 16.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kinochilar saroyini borib ko‘rdi.
18:48 / 16.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar berdi.
15:17 / 17.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

“KXDR Yaponiya dengiziga qarshi ballistik raketani uchirdi”, – degan Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi.
12:12 / 17.05.2024
Husunbuzarlar haqida

Husunbuzarlar haqida

Nega badanda husnbuzar paydo bo‘ladi?
15:21 / 16.05.2024
Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

O‘tgan yili institut uchun 500 o‘rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirilgan.
17:26 / 16.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!