$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
29° Kechasi 18°

Aripov Olmaotada Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashdi

11:03 / 02.02.2024

Joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanayotgani, Davlatlarimiz Rahbarlari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida barcha sohada ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan 7-yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobardan ziyod oshdi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Transport hamda energetika sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yanada kengaymoqda.

Uchrashuvda kun tartibidagi ushbu va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.


Bu ham qiziq

Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani ochiqlandi

Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani ochiqlandi

Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hudud Toshkent shahridir.
14:18 / 16.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
14:36 / 17.05.2024
Istanbulning sayyohlik joyida yong‘in sodir bo‘ldi

Istanbulning sayyohlik joyida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
12:54 / 16.05.2024
Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida kamida 14 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
11:06 / 17.05.2024
Husunbuzarlar haqida

Husunbuzarlar haqida

Nega badanda husnbuzar paydo bo‘ladi?
15:21 / 16.05.2024
Britaniya qamoqxonalarida joy yo‘qligi sababli ba’zi mahbuslar ozodlikka chiqadi

Britaniya qamoqxonalarida joy yo‘qligi sababli ba’zi mahbuslar ozodlikka chiqadi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatdagi qamoqxonalar gavjum bo‘lgani uchun ba’zi jinoyatchilarni vaqtincha ozod qilishga qaror…
10:16 / 16.05.2024
Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

O‘tgan yili institut uchun 500 o‘rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirilgan.
17:26 / 16.05.2024
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

“Markaziy Osiyo-2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
13:13 / 17.05.2024
"Andijon — Qo‘ng‘irot — Andijon" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

"Andijon — Qo‘ng‘irot — Andijon" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
15:08 / 16.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!