$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

“Ayollar, hayot, ozodlik!”: Erondagi norozilik namoyishlari avj olmoqda

22:52 / 24.09.2022

Erondagi norozilik namoyishlari kundan kunga avj olib bormoqda. Ayollar 22 yoshli talaba qiz – Mahsa Aminining oʻlimi ortidan norozilik ramzi sifatida roʻmollarini yechib, sochlarini kesishyapti. Namoyishlar “Ayollar, hayot, ozodlik!” shiori ostida oʻtkazilmoqda. Eron hukumati norozilik namoyishlarini bostirish uchun mamlakatning bir qator hududlarida internetga kirish imkoniyatini cheklab qoʻydi. Gʻarb mamlakatlari talaba qizning oʻlimi uchun Eron hukumatini keskin qoraladi, AQSh Moliya vazirligi esa qizning oʻlimiga aloqador deb hisoblangan harbiylarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Soʻnggi 5 kun ichida Eronning bir qancha shaharlarida norozilik namoyishlarida ishtirok etgan 30 dan ortiq fuqaro halok boʻlgan.

Mahsa Amini oʻtgan hafta Tehronda axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Bunga uning sochlarni hijob yoki roʻmol, qoʻl va oyoqlarni keng kiyim bilan oʻrashni talab qiluvchi qonunni buzganlik ayblovi sabab boʻlgan. Qiz hibsga olinganidan keyin oradan 3 kun oʻtib vafot etgan. Oʻlim sababi sifatida “yurak” yetishmovchiligi qayd etilgan, marhumaning qarindoshlari esa uning yuragi bilan bogʻliq hech qanday muammo boʻlmaganini taʼkidlashgan. Qizning oʻlimiga uning politsiya xodimlari tomonidan kaltaklangani sabab boʻlgan deya taxmin qilinmoqda.

Norozilik namoyishlari toʻlqini Eronning 100 dan ortiq shaharlari va 30 dan oshiq viloyatiga tarqaldi. Aksiya ishtirokchilari politsiya va hukumat binolariga oʻt qoʻymoqdalar. Huquq-tartibot idoralari xodimlari esa namoyishchilarga qarshi kurashda koʻz yosh oqizuvchi vositalardan foydalanishyapti, olomonga qarata oʻq uzish holatlari ham kuzatilgan. Norozilik namoyishlarini bostirishga urinish vaqtida 5 nafardan ortiq politsiya xodimi halok boʻlgan.

BMT Eron hukumatini tinch namoyishlar oʻtkazishga ruxsat berish va Mahsa Aminining oʻlimi yuzasidan xolis tergov jarayonini boshlashga chaqirdi. Eron razvedka vazirligi esa norozilik namoyishlarida ishtirok etish qonunga qarshi chiqish ekanligi va barcha namoyishchilarni javobgarlik kutib turganini taʼkidladi.

 



														
														Vaqtincha prezident Muhammad Muxbar haqida nimalar ma’lum

Vaqtincha prezident Muhammad Muxbar haqida nimalar ma’lum

Muxbar, 1955-yil 1-sentabrda tug‘ilgan, xuddi Raisiy singari, oliy rahbar Ali Xomanayiga yaqin inson sanaladi. 2021-yilda Ra…
16:54 / 20.05.2024

														
														“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

“Blue Origin” sayyohlarni kosmosga jo‘natishni davom ettirmoqda

Xabar qilinishicha, Nyu-Shepardning kapsulali raketasi Texasning Gʻarbiy qismidagi maydonchadan uchirilgan.
15:56 / 20.05.2024

														
														Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

“Bu biz emas edik”, - deya agentlik noma’lum qolishni istagan mansabdor shaxsning so‘zlarini keltirgan.
14:14 / 20.05.2024

														
														G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024

														
														Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya hukumati yangi qonun loyihasini shoshilinch tayyorlayotgani haqida avvalroq OAVlar xabar bergandi.
11:36 / 20.05.2024

														
														“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

Mamlakat hukumati halokatga uchragan vertolyot bortidagi prezident Ibrohim Raisiy va boshqalarning halok bo‘lgani munosabati…
11:29 / 20.05.2024

														
														Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024

														
														Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024

														
														Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024

														
														Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024

Bu ham qiziq

Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

“Bu biz emas edik”, - deya agentlik noma’lum qolishni istagan mansabdor shaxsning so‘zlarini keltirgan.
14:14 / 20.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yana-da tezlashgan.
11:50 / 20.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

FLiRT’ga xos simptomlar koronavirus uchun standartdir.
11:17 / 20.05.2024
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Eronda yuz bergan aviahalokat va unda qurbon bo‘lgan mamlakat rasmiylarining o‘limi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashq…
16:49 / 20.05.2024
Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Shundagina ularni uzoqroq muddat davomida iste’mol qilish mumkin.
11:30 / 20.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!