$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Bahaybat qilich, 500 kilolik ustunlar, “Sangujumon” toshlari... “Pahlavon Mahmud — bahodirlar oʻyini” II Xalqaro turniri yakunlari suratlarda

18:54 / 06.06.2022

Avvalroq xabar qilinganidek, Xiva shahrida 4–5-iyun kunlari “Pahlavon Mahmud — bahodirlar oʻyini” II Xalqaro turniri oʻtkazildi.

Mazkur turnir Turizm va madaniy meros vazirligi, Butunjahon strongmen federatsiyasi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Unda dunyoning 14 davlati, jumladan, Braziliya, Yangi Zelandiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Eron, Hindiston, Polsha, Yaponiya, Tojikiston va Oʻzbekistondan ishtirok etgan 15 nafar sportchi ikki kun mobaynida 5 ta tur:

- ogʻir qoplarni “Qoʻqon arava”ga ortish va uni maʼlum masofaga olib borish;

- ogʻirligi 120 dan 160 kilogrammgacha boʻlgan “Sangijumon” toshlarini koʻtarish;

-turli ogʻirlikda boʻlgan toshlar ortilgan obkachni kuch bilan koʻtarish;

- har biri 250 kg dan boʻlgan Xiva ustunlarini ushlab turish;

- bahaybat qilichlarni vertikal ushlab turish boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

Musobaqa yakunidagi umumiy natijalarga koʻra, eronlik atlet Rizo Geytasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin yangi zelandiyalik Rongo Kingga nasib etgan boʻlsa, kuchli uchlikdan rossiyalik Pyotr Martinenko joy oldi.

Shu tariqa gʻolib va sovrindorlar belgilangan 5000$, 3000$, 2000$ pul mukofotlariga ega boʻlishdi.

Turizm va madaniy meros vazirligi, Butunjahon strongmen federatsiyasi (World strongmen federation) hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan turnir davomida ishtirokchilar Xiva shahriga uyushtirilgan kichik tur doirasida Pahlavon Mahmud maqbarasiga tashrif buyurishdi.

Tadbirning yopilish marosimida yigʻilganlar uchun koʻngilochar konsert dasturi namoyish etildi.

E’tiborlisi, vazni sovrinli o‘rinlarni band etgan atletlarnikidan sezilarli darajada yengil bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston vakili Sirojiddin Qilichov musobaqada munosib ishtirok etgan holda, kuchli o‘nlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.



														
														Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “One Run” xalqaro yugurish yarim marafoni bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar uchun 4 turdagi masofa mavjud: 21 km, 10 km, 5 km va 1 km.
12:33 / 06.05.2024

														
														Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Dubayda dunyodagi birinchi jetpak poygasi bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Yuz.uz xabar berdi.
13:20 / 11.04.2024

														
														Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.
12:06 / 01.04.2024

														
														Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Doston Bozorov Octagon chempioniga aylandi

Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
09:32 / 11.03.2024

														
														WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

WBA reytingi yangilandi: Shahram G‘iyosov o‘z vazn toifasida 1-o‘rinda

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga ko‘ra, yangilangan reytingni e’lon qildi.
17:09 / 04.03.2024

														
														Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Oksana Chusovitina finalga chiqdi

Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi.
16:13 / 23.02.2024

														
														Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro…
12:52 / 23.02.2024

														
														8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

8 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi – “Strandja”

Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.
13:09 / 11.02.2024

														
														Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Hasanboy Doʻsmatov professional boksda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi

Doʻstmatov hozirda Bolgariyada tashkil etilayotgan “Strandja-2024” xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
18:12 / 09.02.2024

														
														Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempioniga aylandi

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
17:50 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024
Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 17-may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
07:22 / 17.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Yaponiya elektronika ishlab chiqaruvchisining qarori moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
13:17 / 17.05.2024
Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida kamida 14 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
11:06 / 17.05.2024
Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident Qarori qabul qilindi.
09:52 / 17.05.2024
“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muz…
09:38 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!