Braziliyada kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini qurbonlari soni 107 nafarga yetdi. Fuqaro mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yana 136 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Bu haqda “Anadulu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta mamlakat janubidagi Rio-Grande-du-Sul shtatida katta hajmdagi yomg‘ir yog‘gan. 374 jabrlanuvchi esa davlat shifoxonalariga yetkazilgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Mahalliy matbuotning yozishicha, minglab odamlar haligacha elektr va internetsiz qolmoqda. Shuningdek, qurbonlar soni ortib borishi mumkinligidan xavotirlar bor.
3-may kuni shtat gubernatori Eduardo Leite 180 kunlik favqulodda holat e’lon qilgan.
“Biz juda favqulodda vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz. Bu tanqidiy voqea emas, balki shtat tarixidagi eng halokatli voqea”, - dedi gubernator.
Tabiiy ofat hududiga ikki marta tashrif buyurgan Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva rasmiylar mintaqani qayta tiklashga va’da bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!