$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Bugun shtrix-kodning tug‘ilgan kuni

09:48 / 03.04.2024

1973-yilning 3-aprelida “IBM” kompaniyasi o‘zining eng keng tarqalgan chiziqli shtrix-kod belgilaridan biri bo‘lgan UPS ishlanmasini rasman taqdim etdi. Shu kundan buyon ushbu sana – shtrix-kodning tug‘ilgan kuni sifatida eslanadi. AQShlik Norman Vudland va Bernard Silverlar uning kashfiyotchilari hisoblanadi.
XX asrning eng ilg‘or va foydali ixtirolaridan biri bo‘lgan shtrix-kod – tovarlarni hisobga olish va tarqatish jarayonini avtomatlashtirishni boshlab bergan. Bu esa savdo majmualarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshiladi va tezlashtirdi.
Bugungi kunda shtrix-kod har qanday do‘kon va chakana savdo obyektining kundalik amaliyotidir, chunki shtrix-kodning asosiy maqsadi mahsulotni yoki uning biron bir xususiyatlarini (qadoqlash, seriya raqami va boshqalar) aniqlash. Bu ham mutaxassislar, ham iste’molchilar uchun har bir mahsulot haqida kerakli ma’lumotlar beradigan o‘ziga xos kalit bo‘lib, uni mahsulotlarga qo‘llash barcha ishlab chiqaruvchilar uchun majburiy talab. Bungacha barcha tovarlarning narxi kassaga qo‘lda kiritilgan edi, shu bois shtrix-kodlardan foydalanish ko‘plab odamlarning, birinchi navbatda, savdo sohasi xodimlari ishini osonlashtirdi.
Ammo shuni ham aytish kerakki, shtrix-kod va uni o‘qish uchun skanerlar ixtiro qilinishidan ancha oldin, mahsulotni sotish va hisobga olish jarayonini yaxshilaydigan shu kabi qulay vositani yaratishga urinishlar bo‘lgan. Dastlab perfokartalar ilgari surilgan, biroq ular ancha noqulay – o‘qish uskunalari ulkan o‘lchamdagi mashinalar, boz ustiga juda qimmat edi.
Shtrix-kodni yaratish bo‘yicha dastlabki ishlanmalar 1948-yilda AQShning Filadelfiya shahridagi Dreksel texnologiya instituti aspiranti Bernard Silver tomonidan amalga oshirilgan. U mahalliy oziq-ovqat kompaniyasi egasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri supermarket kassalaridan avtomatik ravishda ma’lumot to‘plash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishni so‘ragan suhbatga beixtiyor guvoh bo‘lib qoladi. Shu sabab bo‘lib yosh aspirant ulrabinafsha nurda porlab turadigan siyoh bilan qo‘llaniladigan noyob tovar belgilarini ishlab chiqish g‘oyasini ilgari suradi. Biroq ishlab chiqilgan birinchi namuna ishonchsiz va juda qimmat edi. Silver tadqiqotlarini davom ettiradi. Bir necha oylik izlanishlardan so‘ng, u do‘sti Norman Jozef Vudlend bilan birga o‘sha davrda mashhur bo‘lgan ikkita kodlash texnologiyasi (kinofilmlar va Morze alifbosi uchun ovozli treklar) elementlariga asoslangan chiziqli shtrix-kod variantini ishlab chiqdi. Va bu ikkinchi urinish yangi kodni namoyish qilish prototopiga aylandi – pastga qarab cho‘zilgan nuqta va chiziqlar oq bo‘shliqlar bilan ajratilgan qora keng, tor chiziqlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi naqshga o‘xshardi. Filmlarni ovozlashtirish usuli shtrix-kodni o‘qish jarayonining asosini tashkil etdi.
1949-yili do‘stlar o‘z ixtirosini patentlashdi. Ikki yildan so‘ng Vudlend IBMda ishlash uchun taklif oldi va u yerda ular ushbu kodni o‘qiy oladigan qurilmani loyihalashni boshlashdi. Bu qurilma bir necha oylik mashaqqatli mehnatdan so‘ng paydo bo‘ldi va garchi u zamonaviy skanerlarga nisbatan ulkan hajmga ega bo‘lsa-da, haqli ravishda skanerning prototipi – bosma belgilarni elektron tarzda o‘qiydigan qurilma deb hisoblanadi. Biroq bu texnologiyani sanoat miqyosida faqat 1960-yillarning oxirida, lazerlar va kompyuterlarning paydo bo‘lishi va tarqalishi bilan qo‘llash mumkin bo‘ldi.
1974-yil 26-iyunda shtrix kodli birinchi mahsulot – bir quti saqich bo‘lib, ushbu saqichning paketlaridan biri Smitson Amerika tarixi muzeyida saqlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, 1999-yil 21-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarga shtrixli kodlashni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarordan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston tovarlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro mahsulot raqamlash tizimi doirasida tovar ishlab chiqaruvchisini aniqlashdan iborat edi.


Lifestyle


														
														Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024

														
														Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024

														
														Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024

														
														Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024

														
														Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024

														
														Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Birinchi nomzod baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan Nolan edi.
17:04 / 17.05.2024

														
														Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024

														
														Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024

														
														Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024

														
														Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024

Bu ham qiziq

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Yaponiya elektronika ishlab chiqaruvchisining qarori moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
13:17 / 17.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024
“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muz…
09:38 / 18.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

Shundan 234 044 nafari erkaklar.
16:56 / 17.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!