$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Bunday surbetlik bilan e’lon qilingan fikrlar na xalqaro huquqqa, na sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Aksincha, urushni targ‘ib qilish – bu jinoyatdir

14:36 / 21.12.2023

Bugun tarmoqlarda rossiyalik yozuvchining O‘zbekiston haqidagi fikrlari tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Unga javoban:
“Biz bilan do‘stlik rishtalarini bog‘lab, har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik qilib kelayotgan Rossiya Federatsiyasidagi siyosiy partiya – “Справедливая Россия – Патриоты – За правду”ning hamraisi Zaxar Prilepinning urushni targ‘ib qilishga qaratilgan chiqishi qalbimizni larzaga soldi.

Kaykovusning Qobusnoma asarida “Aqlsiz do‘st aqllik dushmandin yomonroqdir” degan naql bor. Bu “do‘st” dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida notinchlik yuz berayotgan, qonli mojarolar avj olayotgan, buning natijasida tinch aholi jabr ko‘rayotgan, uy-joyidan, mol-mulkidan ayrilib boshpanasiz, himoyasiz qolayotgan ayni zamonda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlikka raxna solish niyatini bildirdi.

Janob Prilepin shuni yaxshilab o‘qib oling! O‘zbekiston MUSTAQIL, SUVEREN DAVLAT. Uni bosib olishga, unda o‘z hukmini o‘tkazishga, xorijiy til o‘rgatishga hech kimning haqqi yo‘q va bunday surbetlik bilan e’lon qilingan fikrlar na xalqaro huquqqa, na sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Aksincha, urushni targ‘ib qilish – bu jinoyatdir.

Shuni g‘urur bilan aytamizki, mamlakatimizda tinchlik-totuvlik hukm surayotgani, bunyodkorlik ishlari izchillik bilan davom etayotgani, iqtisodimiz yuksalayotgani, sportchilarimiz zabt etayotgan shohsupalar, erishayotgan yutuqlarimizning barcha-barchasi mamlakatimiz qudratidan dalolatdir.

Bizning ulug‘ xalqimiz muqaddas huquqimiz – mustaqilligimizni hech kimga, hech qachon berib qo‘ymaydi! Mustaqilligimizni, suverenitetimizni, davlat chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilishga kuch-qudratimiz ham, jur’atimiz ham yetarli”– degan deputat Inomjon Qudratov.

 


Bu ham qiziq

“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

Mamlakat hukumati halokatga uchragan vertolyot bortidagi prezident Ibrohim Raisiy va boshqalarning halok bo‘lgani munosabati…
11:29 / 20.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yana-da tezlashgan.
11:50 / 20.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

Boshlang‘ich narx bilan taqqoslaganda, avtomobil raqamining narxi ikki-uch barobarga oshgan.
11:21 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!