$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Chet tili o‘qituvchilari uchun В2 sertifikat talabi yangi o‘quv yiliga qoldirildi

11:02 / 03.11.2022

Yangi ishga kirayotgan chet tili o‘qituvchilariga В2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024 o‘quv yilidan tatbiq etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

“Mazkur qoidaning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim hududlarda chet tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va o‘qituvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida Hukumat tomonidan В2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023/2024 o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berildi”, – deyiladi xabarda.

XTV o‘qituvchilardan maktablarda ta’lim sifati va pedagoglarning bilimiga belgilangan talablarga to‘liq javob berish uchun o‘z ustida ishlash va malakani oshirish choralari ko‘rishni so‘ragan.

Qayd etish mumkin, 2024/2025 o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi В2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘z navbatida S1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar ham ayni vaqtda oylik ish haqlarini 50 foizga oshirish imkoniyatiga ega.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Er-xotin uzoq vaqt davomida birga ko‘rinmagan
11:11 / 20.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!