$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Dehqonobod va Xiva tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

10:25 / 25.02.2024

24-fevral kuni Shokirov Sherzod Utkirovich Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Sherzod Shokirov 1982-yilda Koson tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar u Ko‘kdala tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mazkur lavozimda u besh oyga yaqin muddat ishlagan Akrom Sulaymonov o‘rnini egallagan. Shanba kuni, shuningdek, Palvanov Sardor Maxsudovich Xiva tumanining hokimi bo‘ldi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Sardor Palvanov 1987-yilda Urganch shahrida tug‘ilgan, 2013-yilda Urganch davlat universitetini agronomiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan

2016−2017-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi, 2017−2019-yillarda viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar u 2020-yilning avgustidan buyon Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Yangi lavozimda u 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Hurmat Matrasulov o‘rnini egalladi.


Bu ham qiziq

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024
“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muz…
09:38 / 18.05.2024
BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

Hozirda Rafahdan ko‘p sonli odamlar kelishi tufayli mintaqadagi vaziyat og‘ir.
17:38 / 17.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Birinchi nomzod baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan Nolan edi.
17:04 / 17.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!