$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita "Umra" safari bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi

20:52 / 24.10.2023

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-avgustdagi 345-sonli “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida endilikda mamlakatimizda xususiy sektor tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish imkoniyati yaratilmoqda.

Unga ko‘ra, turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etilmoqda:

100 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmagan mablag‘larni Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yadi;

“Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarini tayinlaydi;

“Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublika ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishini ta’minlaydi;

“Umra” xizmatlarini voyaga yetmagan fuqarolarga ko‘rsatish ta’qiqlanadi;

“Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.

2023-yil 1-oktyabrdan “Umra” xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etildi. Baholash tizimi Turizm qo‘mitasining maxsus saytida e’lon qilib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qarorda belgilangan qo‘shimcha litsenziya talab va shartlari 2023-yil 1-noyabrdan qo‘llaniladi.

Shu o‘rinda, muhim bir jihatga e’tibor qaratish lozim:

➖ Mazkur qaror asosida endilikda faqat “Umra litsenziyasiga ega” bo‘lgan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turistik tashkilot “Umra” tadbirlarini tashkil etadi.

➖ Umra faoliyatini 1 noyabrdan so‘ng tashkil qilishni reklama qilayotgan har qanday “turfirma”ning litsenziyasi mavjudligini surishtirib olishingizni tavsiya qilamiz!

➖ Noqonuniy “turfirma” yoki “turagent”lardan ogoh bo‘ling!

Eslatib o‘tamiz! Turistik tashkilotlar tomonidan “Umra” tadbirlari yuqoridagi qaror ijrosini qat’iy ta’minlangan holda tashkil etiladi.


Bu ham qiziq

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!