$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
29° Kechasi 18°

Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

09:05 / 29.04.2024

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev “Qatar Airways” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muloqot chog‘ida davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, ushbu munosabatlarni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz”, – deya ta’kidlagan u.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi urg‘ulandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar shu yilning 2-iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishib oldilar.


Bu ham qiziq

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024
Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Xurujning bu turi vaqtincha nafas tizimidagi uzilishlarga va titratuvchi tutqanoqqa sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
15:25 / 16.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 17-may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
07:22 / 17.05.2024
Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida kamida 14 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
11:06 / 17.05.2024
Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Yaponiya elektronika ishlab chiqaruvchisining qarori moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
13:17 / 17.05.2024
O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
14:36 / 17.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!