$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Ekvadorda korrupsiyani yo‘qotmoqchi bo‘lgan prezidentlikka nomzod otib o‘ldirildi

13:10 / 10.08.2023

Korrupsiyaga qarshi chiqishlari bilan tanilgan Ekvador prezidentligiga nomzod Fernando Villavicencio kecha, 9-avgust kuni mamlakat poytaxti Kitodagi siyosiy mitingda otib o‘ldirildi.

Ekvadorlik siyosatchi va mamlakat prezidentligiga nomzod 59 yoshli Fernando Villavicencio saylovoldi mitingi chog‘ida otib o‘ldirilgan. Uning xotini va besh nafar farzandi bor edi. Villavicencio mamlakatda korrupsiyani yo‘q qilishga va’da bergan. Bu chiqishlari ortidan esa, unga bir necha bor zo‘ravonlik bilan tahdid qilingan.

Hozirda prezidentlikka nomzod Fernando Villavicencio o‘ldirilishi ortidan Ekvadorda favqulodda holat e’lon qilindi.

Voqea guvohlarining so‘zlari va videotasvirlarga ko‘ra, Villavicencio mashinaga o‘tirganida unga qarata bir necha marta o‘q uzilgan. Gumonlanuvchi qo‘riqchilar bilan otishmada o‘ldirilgan. Otishma oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangan.

Otib o‘ldirilishidan oldin o‘zining so‘nggi nutqida Villavicencio saylovchilarga mamlakatda korrupsiyani yo‘q qilishga va o‘g‘rilarni qamoqqa tashlashga va’da bergan.

Suiqasddan bir necha kun oldin, Villavicencio bir necha marta o‘lim tahdidlarini olganini aytgan, jumladan, tahdidchilar orasida Ekvadorda ochiq faoliyat yuritayotgan ko‘plab xalqaro uyushgan jinoiy guruhlardan biri bo‘lgan qudratli “Meksika Sinaloa” giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy tashkilotining rahbarlari ham borligini ma’lum qilgandi.

Prezident Gilermo Lasso sodir bo‘lgan voqeadan g‘azablanganini va hayratda ekanligini aytdi. U bu jinoyat jazosiz qolmasligiga va’da berdi.

"Sizni ishontirib aytamanki, bu jinoyat jazosiz qolmaydi," - dedi Lasso bayonotida.

Fernando Villavicencioning asl kasbi jurnalist bo‘lib, u o‘z faoliyatini “El Universo” gazetasidan boshlagan. U 2013-yilda siyosatga kirib kelgan. U 2017-yildan qonun chiqaruvchi organ 2023-yil 17-mayda tarqatib yuborilgunga qadar Milliy Assambleya aʼzosi boʻlgan.

Iyul oyida o‘tkazilgan saylovoldi so‘roviga ko‘ra, Fernando Villavicencio 13,2 foiz ovoz to‘plagan. U bu natija bilan “Fuqarolik inqilobi uchun harakat” partiyasi nomzodi, so‘l markazchi siyosatchi Luisa Gonzalez bilan birga 26,6 foiz ovoz to‘plagan holda ikkinchi bosqichga chiqishi mumkin edi. Uchinchi o‘rinda 12,5 foiz ovoz bilan mahalliy xalqlar huquqlari uchun kurashuvchi Yaku Perez joy olgan.


Siyosat


														
														Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024

														
														O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm q…
10:24 / 06.05.2024

														
														Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniya rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchras…
17:23 / 03.05.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024

														
														O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Uchrashuvda Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga a…
15:54 / 02.05.2024

														
														1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024

														
														Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024

														
														Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024

Bu ham qiziq

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

“Bu biz emas edik”, - deya agentlik noma’lum qolishni istagan mansabdor shaxsning so‘zlarini keltirgan.
14:14 / 20.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya hukumati yangi qonun loyihasini shoshilinch tayyorlayotgani haqida avvalroq OAVlar xabar bergandi.
11:36 / 20.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!