$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Er sobiq xotinining burni va qulog‘ini kesib tashladi (foto)

12:21 / 23.09.2023

Qirg‘izistonning So‘quluk tumani Selektsionnoye qishlog‘ida yashovchi fuqaro o‘zining sobiq xotinining xonadoniga bostirib kirib, kaltaklab, pichoq bilan uni burni va quloqlarini kesib tashlagan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayol eri bilan 10 yil birga yashagan, ularning 15 va 10 yoshli ikki nafar farzandi bor. Muntazam kaltaklar va bezorilik tufayli u 5 yil oldin erini tashlab ketgan. 2022-yilda er-xotin rasman ajrashishgan.

Nikoh buzilganiga qaramay, sobiq er ayolni “yolg'iz qoldirmagan”. “U muntazam ravishda uning ishiga kelib, janjal qilgan, kaltaklagan va zo'rlagan”, dedi jabrlanuvchining amakivachchasi.

Jabrlanuvchining singlisini ma’lum qilishicha, “ushbu voqea sodir bo‘lishidan uch kun oldin ayol politsiyaga murojaat qilgan, biroq mahalliy politsiya xodimi uning yaqinlashib kelayotgan xavf haqidagi so‘zlariga beparvolik bilan qarab unga tayinli javob bermagan. Tuman militsiyasi xodimi bilan suhbatdan uch kun o‘tib, sobiq er ayolining farzandlari bilan yashayotgan uyi ostonasida paydo bo‘lgan”.

Ayol kenja farzandini maktabga olib ketish uchun xonadondan chiqayotganida eri uni uyga itarib yuborib, o‘zi ichkariga kirib, eshikni yopgan. U sobiq xotinini kaltaklagan, keyin pichoqni olgan. U sobiq xotinining burni va quloqlarini kesib tashlagan. Faqat shu bilan kifoyalanmay, tong otguncha uni qiynoqqa solgan.

"Quloqlar, quloq tugunlari – hammasi yirtilgan, u buni maxsus pichoq bilan qilgan. Bu juda nozik ish edi. Burun butunlay kesilgan. Doktorlar kesilgan a’zolarni joyiga tikishdi, ammo bularning barchasi ildiz otadimi yoki yo'qmi, bilmaymiz”, – deydi jabrlanuvchining opasi.

Ta’kidlanishicha, ushbu voqea sodir bo‘lgan vaqt davomida er-xotinning o'n yoshli bolasi otasi onasini haqorat qilgan xonada bo‘lgan. Bola ko'rpa ostiga yashiringan va hamma narsani eshitgan.

Jabrlanuvchi hozir kasalxonada. Shifokorlar uning ahvolini barqaror va og‘ir deb baholamoqda. Opaning so‘zlariga ko‘ra, ayol jarrohlik amaliyotidan o‘tgan, biroq uning to‘liq tuzalib keta olishi hali aniq emas.

“Operatsiya 9 soat davom etdi, shifokorlar hammasini bir joyga jamlashda juda sinchkovlik bilan harakat qilishdi. Oldinda hali bir nechta operatsiyalar bor va bizga ko'p mablag' kerak bo'ladi, shuning uchun men singlimga yordam berish uchun mablag' to'plashni e'lon qildim. U eshitadimi yoki yo'qmi hali noma'lum. Endi u hatto gapirmaydi, – dedi ayolning qarindoshi.

Jabrlanuvchining opasi kuyovining ustidan bir necha bor politsiyaga shikoyat qilishganini ta’kidlagan.

baigenews.kz/Arman Muxatov

“Biz ko‘p marta politsiyaga murojaat qildik va kaltaklanganlarni videoga oldik va sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazdik. Politsiya kelganida ikki kunga olib ketishdi, keyin qo‘yib yuborishdi. Bo'limdan chiqqanidan 20 daqiqa o'tgach, u allaqachon singlimning uyida edi. Uni qo‘rqitib, kaltaklagan”, - deydi u.

Opaning aytishicha, qarindoshi tuman militsiyasi xodimiga murojaat qilgan paytlarning birida, turmush o'rtoqlar allaqachon ajrashgan bo'lsa-da, militsiya xodimlari sodir bo'layotgan voqeani oilaviy masala deb atab, aralashishdan bosh tortishgan.

"Bu oilaviy masalalar, biz qonun oldida ojizmiz", – degan tuman militsiyasi xodimi.

Ushbu shov-shuvli voqeadan so‘ng, Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati politsiya “oilaviy zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga katta e’tibor qaratayotganini” ma’lum qildi.

“Seleksionnoye qishlog‘ida sodir bo‘lgan jinoyatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ichki ishlar vaziri, politsiya general-leytenanti Ulan Niyozbekov mazkur holat yuzasidan xolis va har tomonlama tergov o‘tkazilishini ta’minlash uchun shaxsan o‘z nazoratiga oldi. Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarining qonuniyligi ichki tergov xizmati tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshiriladi”, – deya qo‘shimcha qildi boshqarma.

Qirg‘izistonlik ayolning sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish “Sog‘likka zarar yetkazish” moddasi bo‘yicha tasniflangan. U hozir kutayotgan maksimal muddat - 12 yil qamoq, ammo bu odam hatto bunday jazoni ham olishi aniq emas.



														
														Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

Isroil Eron prezidenti Raisiyning o‘limiga aloqador emas - Isroil rasmiysi

“Bu biz emas edik”, - deya agentlik noma’lum qolishni istagan mansabdor shaxsning so‘zlarini keltirgan.
14:14 / 20.05.2024

														
														G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024

														
														Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya hukumati yangi qonun loyihasini shoshilinch tayyorlayotgani haqida avvalroq OAVlar xabar bergandi.
11:36 / 20.05.2024

														
														“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

Mamlakat hukumati halokatga uchragan vertolyot bortidagi prezident Ibrohim Raisiy va boshqalarning halok bo‘lgani munosabati…
11:29 / 20.05.2024

														
														Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024

														
														Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024

														
														Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024

														
														Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024

														
														Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024

														
														AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024

Bu ham qiziq

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Er-xotin uzoq vaqt davomida birga ko‘rinmagan
11:11 / 20.05.2024
G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024
Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin.
11:55 / 20.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yana-da tezlashgan.
11:50 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!