2023-yil 7-oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 10 ming kishi bedarak yo‘qolgan yoki tuzoqqa tushib qolgan.
G‘azo hukumati matbuot byurosi tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning G‘azoga 210 kunlik hujumi haqida ma’lumot berildi. Bayonotda aytilishicha, Isroil armiyasi “2023-yil 7-oktyabrdan buyon G‘azo sektorida 370 ta qirg‘in sodir etgan”.
Ushbu xabarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 14 ming 944 bola va 9 ming 849 ayol halok bo‘lgan, 10 ming kishi vayronalar ostida qolgan yoki bedarak yo‘qolgan. Halok bo‘lganlar soni 34 ming, 622 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Yaradorlar soni esa 77 ming 867 kishini tashkil etmoqda.
Hujjatda shuningdek, Isroilning G‘azodagi hujumlari qurbonlarining 72 foizi ayollar va bolalar ekanligi ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!