$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Germaniyada o‘zbekistonlik hamshiralarga $2,5 mingdan ortiq maoshli ish taklif qilindi

14:59 / 05.04.2022

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, agentlik hamda Shveysariyaning Globogate Recruiting GmbH tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali o‘rta bo‘g‘in tibbiyot hamshiralarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

– 39 yoshdan oshmagan bo‘lishi, davolash sohasida kamida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo‘lgan hamshiralar (stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi) ;

– Psixiatriya bo‘limida ishlash uchun kasalxona yoki klinikaning istalgan bo‘limida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya bo‘yicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar;

– Tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan bo‘lishi;

– Bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

– Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

– Nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;

– Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi;

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga Toshkent shahrida bepul turar joy, o‘quv xonasi hamda oylik stipendiya sharoitlari yaratib beriladi.

Shuningdek, Globogate Recruiting GmbH quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

– Nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
– Til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
– Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
– O‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
– Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
– Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 yevrodan ($2530), nafaqa, sug‘urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.

Loyihada ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


Bu ham qiziq

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Er-xotin uzoq vaqt davomida birga ko‘rinmagan
11:11 / 20.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya hukumati yangi qonun loyihasini shoshilinch tayyorlayotgani haqida avvalroq OAVlar xabar bergandi.
11:36 / 20.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yana-da tezlashgan.
11:50 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!