$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

“Makiyaj”siz tanib bo‘lmaydigan san’atkorlar

10:41 / 12.02.2024

Hozirda zamonaviy bezovchi kosmetik vositalar orqali ayollar yuz tuzilishlarini o‘zgacha qiyofaga keltira oladilar. Bu ishni malakali stilistlar amalga oshirishmoqda.

Shou-biznes olami vakillari esa omma oldida hamisha go‘zal, benuqson bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi. Ammo shunday yulduzlar borki, ular o‘zlarining asl husnini ijtimoiy tarmoqlarga joylashdan qo‘rqmaydi.

Omma oldiga pardozsiz ko‘rinish bergan mashhur yulduzlarning “makiyajsiz” ko‘rinishini “Telehealthdave” nashri taqdim etdi.


1. Beyonse


90-yillarda mashhur “Destiny’s Child” triosi a’zosi bo‘lgan Beyonse guruh tarqalib ketganidan so‘ng ham ijoddan to‘xtamadi. U yakkaxon tarzda faoliyat yurita boshladi. Bundan tashqari, xonanda “Pushti pantera”, “O‘ylangan”, “Orzular qizi” kabi filmlarda ham suratga tushdi.

Beyonse reper Shon Karter Jey Zi bilan turmush qurgan va hozirda ularning uch nafar farzandi bor.

2. Shakira


Muxlislarining fikricha, Shakira pardoz-andozsiz ham go‘zal ko‘rinadi. Shakira “Grammy”, “Lotin Music Awards” va MTV, “Billboard” va boshqa ko‘plab mukofotlar sohibasi. U butun dunyo bo‘ylab 75 milliondan ortiq albomidan yaxshigina daromad ko‘rgan va bu rekord sifatida qayd etilgan.

3. Ledi Gaga


Ledi Gaga shou-biznesdagi g‘ayrioddiy inson va urishqoq qo‘shiqchi sifatida tez-tez e’tibor markaziga tushadi. U sahna yuzini ko‘rgandan beri butun dunyo bo‘ylab musiqa ixlosmandlarining muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Uning muvaffaqiyatli albomlari orasidan “Thye Fame”, “Joanne”, “Chromatica va Born This Way” kabilar o‘rin olgan. Ledi Gaganing butun dunyo bo‘ylab 124 milliondan ortiq albomlari sotiladi. Uning hozirgi boyligi taxminan 275 million dollarga baholanmoqda.

Qo‘shiqchining ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan makiyajsiz selfisi, ko‘pchilikni hayratga soldi. Chunki uning pardozsiz ko‘rinishida tanish qiyinov.

4. Jennifer Lopez


Lopez o‘z karerasini “Living Color” shousida aktyorlikdan boshlagan. Yulduzning bir qator mashhur filmlari bo‘lib, “Anaconda” va “Hustlers” shular jumlasidandir. Jennifer taxminan 400 million dollarlik boylikka ega bo‘lgan mohir ishbilarmon ayol hisoblanadi.

Lopez doimo kamera qarshisida go‘zal ko‘rinishga harakat qilgan va shunday ham bo‘lgan. Shu bilan birga u omma oldiga pardozsiz chiqishdan ham qochmagan.

5. Selin Dion


“Titanik” filmiga olingan saundtreki bilan mashhur bo‘lgan Selin Dion muxlislari qarshisiga hamisha pardoz bilan chiqishni odat qilgan. Asrning eng buyuk qo‘shiqchilaridan biri bo‘lsa-da, u yanada go‘zal ko‘rinishi uchun yuzni parvarish qilish vositalaridan foydalanadi.

6. Anjelina Joli


Anjelina Joli kino sanoatida nafaqat o‘zining iste’dodi, balki go‘zal ko‘rinishi bilan ham qalblarni zabt etgan. O‘z iste’dodi tufayli u bir nechta mukofot va nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi, jumladan, “Oltin globus”, “Oskar” mukofotining sovrindori bo‘ldi.

7. Janet Jekson


52 yoshli qo‘shiqchi Janet Jekson pop qiroli Maykl Jeksonning singlisi sifatida shuhrat qozondi. Uning mashhur albomlar ansambli “All For You”, “Rythm Nation 1814”, “The Velvet Rope” va “Janet” va boshqalardan iborat. U o‘z karerasi davomida umrining oxirigacha yetadigan mol-mulk jamg‘ardi. Janet begonalarning oldida pardoz-andozsiz ko‘rinish berishni xushlamaydi. Uni ko‘z qalamlari va lab bo‘yog‘isiz ko‘rganda tanish qiyin. Biroq Janet 52 yosh bo‘lishiga qaramasdan hali ham uni navqiron ko‘rinishda bo‘lib, maftunkorlik uni tark etmagan. 2017 yilda Janet Jekson farzandli bo‘ldi, ammo eri Vissam al-Mana bilan turmushi uzoqqa cho‘zilmadi.

8. Kayli Jenner


Internetda Kayli Jennerning hech qanday pardozsiz selfisi tarqaldi. Muxlislari bu suratga ijobiy izohlar qoldirishgan. Ularning fikricha, Kayli “makiyajsiz” ham benuqson husn egasi. Jennerning aytishicha, bunday ko‘rinishga erishish uchun muntazam ravishda teri parvarishi zarur. Hozirgi kunda u o‘zining “Kayli” deb nomlangan kosmetik biznesi bilan shug‘ullanmoqda va shuning ortidan “Forbes”da dunyodagi eng yosh milliarder sifatida ro‘yxatga olingan.


9. Kim Kardashyan


Kim Kardashyan hamisha ommaga ideal pardoz bilan ko‘rinish bergan. Shunday bo‘lsa-da uning pardozsiz olingan rasmlari ham yo‘q emas. Kuzatuvchilar va ekspertlarning fikricha, yulduz yuzidagi nuqsonlarini yo‘qotish uchun bir necha bor plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Realiti-shou yulduzi esa hech qachon buni tan olmaydi.

10. Kardi Bi


Shou-biznesda o‘zining noan’anaviy yo‘nalishiga ega Kardining biz hozirgacha ko‘rgan barcha suratlari va videolari pardoz-andozlar mahsuli edi. Yaqinda u Instagram’dagi sahifasida o‘zining “makiyaj”siz videosini joylashtirdi. Bo‘yoqlarsiz u butunlay boshqacha qiyofada ko‘rinadi. Kardining aytishicha, u sun’iy kosmetika mahsulotlaridan foydalanmaslikni afzal ko‘radi.


Qiziqarli


														
														Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024

														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

Bu ham qiziq

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!