$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

“Men gʻolib” ommaviy yugurish musobaqasida Mudofaa vazirligi jamoasi gʻolib bo‘ldi

13:25 / 16.01.2024

14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32-yilligini nishonlash munosabati bilan, 2024-yilgi yugurish mavsumini ochib bergan, "Men G’olib" harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“Humo Arena” sport majmuasining maydonchasidan 3 km va 10 km masofaga 1000 nafardan ortiq yuguruvchilar start oldi. Vatanparvarlik yugurish musobaqasida nafaqat mamlakatimiz qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalarining xodimlari, harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari, balki professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etishdi.

“Men G’olib” ommaviy yugurish musobaqasi an’anaviy tarzda yiliga ikki marta – Vatan himoyachilari va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun, hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. 2021-yildan boshlab Men G’olib yugurish musobaqasi O‘zbekiston kuch ishlatish tuzilmalarining vakillari, harbiy xizmatchilar, harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida eng kutiladigan sport musobaqalaridan biri bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi harbiy va kuch ishlatish tuzilmalarining rahbarlari o‘z xodimlarining jamoaviy ruhini qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelishdi. “Men G’olib” yugurish musobaqasining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi hamda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zafar Qurbonov, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Sanjar Zuparov, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi.

– “Men G’olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘z mamlakatining chinakam vatanparvarlari uchun muhim voqeadir, – dedi Viktor Mahmudov o‘zining tabrik nutqida, “Sport ommaviy yugurish musobaqasi har bir harbiy-kuch tuzilmalarining munosib vakillarini bir start maydonchasida to‘plash va  ularning mardligi, jasorati va O‘zbekiston ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.”

Ilk marotaba 10 km masofaga yugurishda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalar soni 3 km masofada yugurishga arizalar sonidan oshib, bu O‘zbekistonda yugurishning tobora ommalashib borayotganidan va sog‘lom turmush tarziga ongli ravishda yondashishdan dalolat beradi. Avlodlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, yosh avlodni Vatan himoyachilari bayrami bilan tanishtirish maqsadida katta yoshdagi bolalar ota-onalari bilan birgalikda “Men G’olib” vatanparvarlik-yugurish musobaqasida 3 km masofaga yugurishdi.

Musobaqalar yakka tartibda va jamoaviy birinchiliklarda tashkil etildi.

Jamoaviy birinchilikda kuch ishlatishsh tuzilmalar idoralarining 7 ta jamoasi va o‘quv ta’lim muassasalarining 6 ta jamoasi “Men G’olib”  kubogi uchun kurashishdi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari ham bor edi. O‘quv ta’lim muassasalarining jamoalari Qurolli kuchlar akademiyasi, Umumiy xavfsizlik universiteti, Ichki ishlar akademiyasi, FVV akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Davlat Bojxona qo‘mitasi institutining kursantlari orasidan shakllantirildi.

“Men G’olib” jamoaviy musobaqalarida to‘rtinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yakkatartibdagi birinchilik g‘oliblari quyidagilar bo‘ldi:

3 km (erkaklar):
1.Nodirbek Mutalipov - 8:43
2.Otabek Toshquvatov - 8:46
3.Xasan Mirsoatov - 8:47

3 km (ayollar):

1.Maryam Tojiboyeva - 11:03
2.Viktoriya Morozova - 11:25
3.Oydina Ikromova - 11:30

10 km (erkaklar):
1.Bekzod Baymatov - 32:31
2. Shahram Abdurahmonov - 33:12
3.Muxriddin Mirzaliyev - 33:27

10 km (ayollar):
1.Abdullayeva - 47:03
2.Laziza Temirova - 47:03
3.Diana Vyazikova - 47:04. 


Bu ham qiziq

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!