$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Mirziyoyev elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

19:23 / 06.02.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni elektromobil ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda avtomobilsozlik bo‘yicha katta tajriba va infratuzilma bor. Bugungi kunda 8 ta zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yo‘lovchi va yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Yana 2 mingdan ziyod korxonada kooperatsiya asosida butlovchi va ehtiyot qismlar tayyorlanmoqda.

O‘tgan yili dekabrda bo‘lgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari elektromobillar hayotga tez kirib kelayotganini taʼkidlab, bu sohani o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Joriy yil yanvarda Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida Prezidentimiz “BYD” kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘ldi. Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyiha boshlandi. Kompaniya rahbari bilan muzokara chog‘ida yaqin istiqbolda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 ming donagacha yetkazish bo‘yicha fikr almashilgan edi.

Bu zamon talab qilayotgan yo‘nalish. So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobar ko‘paygan. 2023-yilda import qilingan avtomobillarning 35 foizini elektromobil va gibridlar tashkil qilgan.

Shu bois mutasaddilarga bu yo‘nalishdagi marralarni kengroq olib, loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. “BYD” kompaniyasi hamkorlarini jalb qilib, elektromobillar uchun butlovchi qismlarni o‘zlashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Mazkur yangi tarmoqda raqobatbardosh bo‘lish uchun, eng avvalo, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalar kerak. Shu bois Turin politexnika instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institut va laboratoriyalarni o‘zaro bog‘laydigan yaxlit tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, bu soha rivojlanishi bilan mutaxassis va ishchilarga talab ortadi. Yaqin uch yilda bu talab 10 mingga yetishi mumkin. Shuning uchun malakali kadrlar tayyorlashni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.

Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilishi belgilandi.

 


Bu ham qiziq

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!