$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Namanganda chaqaloqlar qizamiqqa qarshi emlanganmi?

16:02 / 25.11.2023

Qo‘mitaning xabar berishicha, viloyatda Qizamiq kasalligi bilan gumon qilingan bemorlarni statsionar davolash uchun 340 shifo oʻrin tashkil etilgan, bundan 240 oʻrin viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, 100 shifo oʻrin viloyatning Beshkapa bolalar sihatgohiga to‘g‘ri keladi.


Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi jami 240 oʻrindan 235 o‘rin band, 5 shifo-oʻrni zaxirasi mavjud. Beshkapa bolalar sihatgohida ajratilgan 100 oʻrinda 2 yoshdan yuqori bemorlarning 20 nafari davolanmoqda, 80 shifo-oʻrni zaxirasi mavjud.

Hozirgi kunda, viloyatda jami 85 shifo-oʻrni zaxirasi bor, deyiladi bayonotda. Shuningdek, 285 ta bemordan 62 foizi 1 yoshgacha bolalar, 25 foizi 1-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tashkil qiladi. Bugungi kunda viloyatda diagnostikum, reagent va boshqa vaksinalarning yetarli miqdorda zaxirasi mavjudligi aytilgan.

Viloyatga 9500 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi berilgan boʻlib, jami 1936 nafar bolalar epidemiologik koʻrsatma asosida qizamiq kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan. Hozirda davolash profilaktika muassasalarining emlash xonalarida 310 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi zaxirasi mavjud. 2023-yilning 10 oyi davomida viloyat boʻyicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.

Maʼlumot oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, joriy yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan 3 mln. doza qizamiqqa qarshi vaksinalar xarid qilingan edi. Ushbu vaksinalar epid koʻrsatma boʻyicha emlanadigan qatlam, maʼlum sabablarga koʻra emlashdan qolib ketgan bolalar hamda xavf guruhiga kiruvchi, qizamiq kasali boʻlgan bemor bilan muloqotda boʻlgan 6 oydan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni emlash uchun moʻljallangan va ayni vaqtda hududlarga tarqatilmoqda.


Bu ham qiziq

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muz…
09:38 / 18.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

Shundan 234 044 nafari erkaklar.
16:56 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!