$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Namanganda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan virtual guruh yetakchisi ushlandi

11:12 / 06.02.2023

Ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan virtual guruh yetakchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan S.M. ijtimoiy tarmoqlar orqali destruktiv kuchlar ta’siriga tushib qolgan va natijada Telegram messenjerida virtual guruh tashkil qilgan.

Guruhga Namangan shahrida yashovchi, 1986-1995-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 9 nafar shaxs a’zo bo‘lgan.

O‘z navbatida, S.M. guruhga terroristik va ekstremistik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan “Sodiq Samarqandiy”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Mahmud Abdulmo‘min”, “Abu Saloh”ning “hijrat” va “jihod” to‘g‘risidagi ma’ruzalarini joylab, guruh a’zolarini Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishga da’vat qilgan.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan S.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 244(1)-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, guruh a’zolarining xatti-harakatlariga nisbatan ham tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Er-xotin uzoq vaqt davomida birga ko‘rinmagan
11:11 / 20.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

FLiRT’ga xos simptomlar koronavirus uchun standartdir.
11:17 / 20.05.2024
Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024
“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

“Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi” – Eron hukumati

Mamlakat hukumati halokatga uchragan vertolyot bortidagi prezident Ibrohim Raisiy va boshqalarning halok bo‘lgani munosabati…
11:29 / 20.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!