$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Namanganda homilador ayol 4 nafar egizak chaqalog‘i bilan vafot etdi

22:51 / 16.01.2024

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi tug‘uruqxonada homilador ayol 4 nafar egizak chaqalog‘i bilan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, 2024-yil 13-yanvar soat 21:10 da Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 1-akusherlik bo‘limiga Davlatobod tumani “Nurobod” MFY da yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. kuchli tug‘uruqoldi og‘rig‘i bilan og‘ir ahvolda olib kelingan.

Qabul vaqtida unga “1-homiladorlik, 24 hafta 1 kun. Ko‘p homilalik. (to‘rt egiz homila). Uretrogidronefroz 3-darajasi. Surunkali anemiya o‘rta darajasi” dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Ayolda mazkur homiladorlik tushish xavfi va uretrogidronefroz 2-, 3-daraja bilan kechgan. Shu sababli M.M. uch marta markazning homiladorlarni davolash bo‘limida zarur muolajalar olgan.

O‘sha paytda ayolning yaqinlariga 4 egiz homila muddatiga yetib, tug‘ilishi qiyin ekanligi va buyraklar uretrogidronefrozi 2-, 3-darajasi homilador salomatligida jiddiy asoratlar berishi mumkinligi haqida tushuntirilgan.

Ayol tibbiy nazoratda bo‘lgan vaqtda unga antibakterial terapiya va distress sindrom profilaktikasi o‘tkazilgan.

2024-yil 14-yanvar kuni soat 23:00 da bemorda og‘riq kuchayib, o‘ta qisqa vaqtda homilaning patologik tushishi kuzatilgan. Homilalarning vazni 410 gr, 380 gr, 390 gr va 400 grammdan iborat bo‘lgan.

Shundan keyin ayol bachadoni instrumental tozalanib, ginekologiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Biroq 15-yanvar soat 06:50 da bemorning ahvoli keskin yomonlashib, unda klinik o‘lim holati yuz bergan. Ayol darhol sun’iy nafas olish uskunasiga ulanib, birlamchi reanimatsion choralar ko‘rilishiga qaramasdan shu kuni soat 07:10 da unda biologik o‘lim kuzatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga o‘pka arteriyalarining massiv tromboemboliyasi va o‘tkir yurak-qon tomir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha prokuratura xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ushbu holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot beriladi.


Bu ham qiziq

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini uyushtirdi

Mazkur hujum natijasida 17 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
12:17 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!