$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Narimon Sultonxo‘jayev oilasini ko‘chada qoldirdimi?

16:02 / 11.07.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayevning sobiq turmush o‘rtog‘i Malika Sultonxo‘jayevaning shikoyati aks etgan video tarqaldi.

Unda ijodkorning oilasiga befarqligi hamda farzandlari uchun kam miqdorda aliment to‘layotgani aytilgan.

“Biz anchadan beri birga yashamayapmiz. 10 yil deganda bitta sabab tufayli ulardan ketdim. Hozirgi paytda men uch bolam bilan ko‘chada qoldim. Onamlarnikida yashayapman. Ular tomonidan umuman moddiy yordam bo‘lmayapti. Shu o‘rinda prezidentimizga bitta savolim bor: Nimaga ayol kishi uch farzandi bilan ham ko‘chada qolishi mumkin? Erkak kishi ajrashayotganida rafiqasi va bolalarini uy bilan ta’minlashi kerak, degan qonun yo‘q. Faqat aliment undirish ko‘zda tutilgan. Sobiq turmush o‘rtog‘im firmaga qorovul sifatida ishga o‘tgani to‘g‘risida ma’lumotnoma to‘g‘rilab, hozirda uch bolaga 750 ming so‘m aliment to‘lab kelyapti. Sobiq turmush o‘rtog‘im Narimon Sultonxo‘jayev bizni uysiz qoldirdi, buning ustiga kam aliment to‘layapti”,- deydi Malika Sultonxo‘jayeva.

Ushbu videoga MIB axborot xizmati munosabat bildirdi.

“Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 01.04.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor N.A.Sultanxodjayevdan undiruvchi M.R.Sultanxodjayeva foydasiga 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 2023-yil 28-fevral kuni kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “E.B.” MCHJda ish faoliyatini olib borayotganligi aniqlangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor tomonidan 07.03.2023 yil kuni undiruvchining hisob raqamiga, 1,5 mln. so‘m, 27.04.2023 yil kuni 750 000 so‘m aliment pullari o‘tkazilgan.

2023-yil 23-may kuni qarzdor yuqorida ko‘rsatilgan aliment pul mablag‘larini to‘lab borishligi to‘g‘risida majburiyatnoma olingan hamda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi va JKning 122-moddalari bilan ogohlantirilgan.

“E.B.” MCHJning 2023-yil 18-may kungi ma’lumotiga ko‘ra qarzdorning mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma’lum qilgan.

Joriy yilning 23-may kuni undiruvchining hisob raqamiga jami 780 ming so‘m aliment pullari hamda 4 va 10-iyul kunlari undiruvchining hisob raqamiga jami 2 mln. 180 ming so‘m aliment pullari o‘tkazilgan.

Hozirgi kunda qarzdorning 2023-yil 1-iyul holatiga alimentdan bo‘lgan qarzdorligi mavjud emas”,- deyiladi xabarda.


Qiziqarli


														
														Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi nega kamayib ketdi?

Koreya banki 2040-yilgacha yiliga 0,1%ga pasayishni boshlashi haqida ogohlantirdi.
18:01 / 26.04.2024

														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

Bu ham qiziq

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!