$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat chegarasida ikkita yashirin yerosti yoʻli aniqlandi

15:12 / 20.03.2024

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyat boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Xonobod shahrining “A.Navoiy” MFY hududini Qirgʻiz Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlogʻi bilan bogʻlovchi 2 ta yashirin yerosti yoʻli aniqlanib, ular orqali tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga olib oʻtish bilan shugʻullangan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolaridan iborat transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Dastlab Qirgʻiz Respublikasi fuqarosi yerosti yoʻli orqali Oʻzbekistonga 16 ta qopda jami 813 dona mobil telefon vositalarini olib oʻtib, yurtimizdan esa 1 kg. 745 gr. oltin yombilari va zargarlik buyumlarini olib chiqib ketmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning Andijon shahridagi boshqa sheriklari aniqlandi hamda ularga tegishli 10 ta manzil koʻzdan kechirilganida, mazkur yerosti yoʻlaklari orqali olib oʻtilgan mobil telefon apparatlari, planshet, noutbuk va ularning aksessuarlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Taʼkidlash lozimki, har ikki yer osti yoʻli 20 metr chuqurlikda joylashgan, kengligi 70-80 sm. ni, balandligi 170-180 sm, birinchisining uzunligi 350 metrni,  ikkinchisiniki esa 135 metrni tashkil qiladi.

Tezkor tadbir davomida, guruh aʼzolaridan dastlabki qiymati 11 mlrd. soʻmni tashkil qiluvchi jami 3813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planshet, 97 dona noutbuk va 1000 donadan ortiq aksessuarlar, shuningdek 1 kg. 745 gr. oltin yombi va zargarlik buyumlari olingan.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 



														
														Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024

														
														Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024

														
														Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024

														
														Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024

														
														Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024

														
														AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024

														
														Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024

														
														Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Yaponiya elektronika ishlab chiqaruvchisining qarori moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
13:17 / 17.05.2024

														
														KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

“KXDR Yaponiya dengiziga qarshi ballistik raketani uchirdi”, – degan Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi.
12:12 / 17.05.2024

														
														G‘azodagi qurbonlar soni 35,2 ming kishidan oshdi

G‘azodagi qurbonlar soni 35,2 ming kishidan oshdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 39 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, 64 nafari yaralandi.
17:47 / 16.05.2024

Bu ham qiziq

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!