$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
26° Kechasi 12°

O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

17:10 / 18.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati, shuningdek, birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar berdilar. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Mamlakatimiz yetakchisining davlat tashrifi doirasida ushbu unvonlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Do‘stizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dotsenti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining F.Shaxobov nomidagi “Shoshmaqom” ansambli rahbari Furqat Sayidzoda, Bobojon G‘afurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari To‘lqin Tojiboyev, A.Jo‘rayev nomidagi Tojikiston davlat filarmoniyasi “Falak” ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi professori Munojatxon Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va xonanda Yulduz Usmanovaga “Tojikiston xalq hofizi” faxriy unvoni, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyevga “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

Davlat rahbarlari faxriy unvonlar nishonlarini o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirdilar.


Bu ham qiziq

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda 8-maygacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
11:41 / 01.05.2024
Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.
16:34 / 29.04.2024
Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta tiklandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan harakatlanadi.
16:36 / 30.04.2024
Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, bir guruh qurolli shaxs masjiddagi namozxonlarga hujum…
11:23 / 30.04.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Turgumbayev 2022-yil yanvar oyidagi fojiali voqealarda mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
10:11 / 30.04.2024
“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
09:27 / 30.04.2024
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha reyslar 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari amal qiladi.
18:01 / 01.05.2024
Ertaga poytaxtning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi

Ertaga poytaxtning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘t…
20:57 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!