$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan voz kechish rejalashtirilmoqda – Energetika vazirligi

15:15 / 04.01.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati “Xabar.uz”ga ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Ai-80 benzini ko‘p mamlakatlarda taqiqlangan bo‘lib, hatto neft mahsulotlarini to‘liq import qiladigan Qirg‘iziston va Tojikistonda ham allaqachon iste’moldan olingan. Hozircha mintaqada faqat O‘zbekiston va Afg‘onistonda Ai-80 benzinidan foydalanish davom etmoqda.

Vazirlikning bildirishicha, 2025-yilga borib Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 ishlab chiqarilishi to‘xtatilsa, 2026-yilga borib Buxoro neftni qayta ishlash zavodi to‘lig‘icha sifatliroq yoqilg‘i ishlab chiqarishga o‘tkaziladi.

Aholida Ai-80 benzini narxi ko‘tarilgani haqida savollar ko‘paymoqda. Vazirlik tomonidan ta’kidlanishicha, benzin narxi oshmagan, balki unga nisbatan qo‘llanilgan imtiyoz muddati yakuniga yetgani tufayli aksiz solig‘i joriy etilgan.

Ya’ni, shunchaki bugunga qadar bo‘lgan 6080 so‘m narx ustiga aksiz solig‘i qiymati ham qo‘shilgani tufayli bir litr Ai-80 rusumli benzin “UNG Petro” zapravkalarida 6800 so‘mdan sotila boshlangan.

Shuningdek, yoqilg‘i bozorida taqchillik kuzatilmasligi va iste’molda uzilish bo‘lmasligi uchun chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Xorijdan benzin olib kiruvchi subyektlar faoliyatini kengaytirish orqali iste’mol bozorini bir maromda ushlab turiladi. Tatneft, Saneg va Lukoyl kabi xorijiy sarmoyadorlarga ko‘proq zapravkalar qurish imkoni beriladi.


Bu ham qiziq

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024
Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 17-may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
07:22 / 17.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident Qarori qabul qilindi.
09:52 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan…
22:51 / 16.05.2024
Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘…
10:35 / 17.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da” – Shavkat Mirziyoyev

“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da” – Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finali va Parij-2024 …
09:34 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!