Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni qo‘shma hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi. Peter Siyyarto davlatimiz rahbariga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda uchinchi Toshkent investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, logistika, ko‘chmas mulk obyektlarini qurish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!