$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat qanday?

17:11 / 04.12.2023

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy, Daniya, Fransiya va Niderlandiyada ko‘p sonli bolalar pnevmoniya bilan kasallanayotganligi to‘g‘risida xabar qilgan edi. Oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi ko‘paygan. Yosh bolalarda ushbu kasallik biroz og‘ir kechmoqda.

SSV matbuot xizmati O‘zbekistonda o‘tkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat qanday ketayotganligini bilish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovga yuzlandi.

– Gap shundaki, biz o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishi zanjirini uzishga harakat qilishimiz kerak, – deydi mutaxassis. – Kasallik tarqalishida uch muhim bo‘g‘in bor: kasallik manbayi, yuqish yo‘li, yuqtirishga moyil organizm. Agar kasallangan bolalarni maktabga, bog‘chaga, jamoat joylariga yuboraversak, ular boshqalarga infeksiya yuqtirishda davom etadi.
Har birimiz o‘tkir respirator kasalliklar, xususan, grippni yuqtirishga moyilmiz.
Shuning uchun ham ota-onalarga kasallik belgilari bo‘lgan farzandlarini bog‘cha va maktablarga, oliy ta’lim muassasalariga yubormaslikni maslahat beramiz. Bunday paytda shifokor ko‘rsatmasiga asosan, uy sharoitida zarur muolajalarni olib borish maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, yurtimizdagi barcha yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bemorlar uchun o‘rin va zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.
Aholi orasida gripp mavsumi haqida “bu – yangi pandemiya” degan mish-mishlar uchramoqda. Bu gaplar mutlaqo asossiz. Aytish kerakki, bu hatto epidemiya ham emas.
O‘tkir respirator kasalliklar tarqalishi poytaxtimizda va yurtimizning ayrim hududlarida ko‘proq qayd etilayotgani kasallik tarqalishi epidemik bo‘sag‘aga yetganiga asos bo‘la olmaydi.
Shu sababdan ham o‘quv muassasalarida ta’lim jarayonini to‘xtatishga yetarli asos ko‘rmayapmiz.
Hozirgi vaziyatda bizning vazifamiz: bemorlarni alohidalash, ularni jamoat joylaridan uzoqda tutish!
Bemorlar muloqot chog‘ida doim tibbiy niqobda bo‘lishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qilishlari shart.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar berdi.
15:17 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024
Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!