$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

O‘zbekistonning 16 ta shahrida "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

12:24 / 04.09.2023

O‘zbekiston respublikasi mustaqillik kuniga bag‘ishlab 16 ta shaharda "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

3-sentyabr kuni “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Termiz, Guliston, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xiva va Nukus shaharlari, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligini nishonlashga bag‘ishlangan "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shildilar.

Ushbu kuni har bir hudud va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar mamlakatning asosiy bayramini shaharlarning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etish orqali nishonladi. Toshkentda "Yangi nafas" barcha shahar ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadigan joyda – "Humo Arena" sport maydonining hududida o‘tkazildi. Poytaxtdagi ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talaba ham ishtirok etdi.

Tadbirning tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlarning hokimliklari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamda Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etdi.

Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasining dasturiga 3 v 10 km masofalik ikkita distansiya kiritildi. Qolgan shaharlar uchun - "Yangi nafas" sport harakatining yagona ramziy masofasi - 3 km.ni tashkil qildi.

Ta’kidlash kerakki, "Yangi nafas" sport xalqaro ommaviy yugurish musobaqalarida, fuqaroligidan qat’i nazar, istagan barcha ishtirok etishi mumkin. 30 ta chet el davlatlarining vakillari ushbu keng ko‘lamli sport bayramiga qo‘shildi. Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston sport yugurish klublaridan taxminan 400 ta ishtirokchi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurdi.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tabrik so‘zi bilan chiqib, barcha ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi va davlatning asosiy sanalariga bag‘ishlab "Yangi nafas" sport ommaviy yugurish musobaqalarining o‘tkazilishi yaxshi bir an’anaga aylanib qolganini belgilab o‘tdi. Respublikaning har bir fuqarosi qo‘shilishi mumkin bo‘lgan "Yangi nafas" sport harakati, ruh irodasi, vatanparvarlik tuyg‘usi va butun mamlakat bilan hamjihatlik birlashtiriladigan platformaga aylandi.

Shu bilan birga, "Yangi nafas"ommaviy yugurish musobaqasining ochilishida Viktor Mahmudov, Respublika Prezidenti qoshidagi Xavfsizlik Kengashi kotibi, Adham Ikromov Yoshlar siyosati va sport vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Bahriddinovna so‘zga chiqdi.

Ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilib kelayotgan uch yil davomida 700 mingdаn ortiq ishtirokchi "Yangi nafas" sport harakatining bayrog‘i ostida birlashib, uning asosiy maqsadi millat salomatligini mustahkamlashtirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hisoblanadi. Ushbu munosabat bilan, hududlar doirasida ham ommaviy sportga va yengil atletikaga bo‘lgan qiziqish yanada ortib bormoqda. "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Farg‘ona vodiysi va Samarqandda press-anjumanlar o‘tkazilgan bo‘lib, bunda keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

An’anaga ko‘ra, "Yangi nafas"ommaviy yugurish musobaqasi paytida, Sport TV telekanalida, Toshkentdagi Humo Arena maydoni hududida ishtirokchi-shaharlardan sport tadbiri o‘tkazilishining jonli efirlari tashkil qilindi.

"Yangi nafas" g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pullik mukofot fondi va ommaviy yugurish musobaqasining ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari ajratildi. Musobaqa yetakchilarini tantanali taqdirlash uchun Milliy Bog‘ parkida maxsus tantanali oqshom tashkil etildi.


Bu ham qiziq

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!