Armanistonning kun tartibida Yerevanning KXShTdagi ishtirokini toʻxtatish masalasi turibdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.
"Armanistonning KXShTdan chiqishi haqida gapirganda, birinchi navbatda, tashkilotning mavjud majburiyatlarini nazarda tutyapman. Bu masala kun tartibidan tashqarida deb aytmagan bo'lardim. Chunki muhokama qilinadigan masalalar bor ekan, bu masala ham ko'rib chiqilishi shart", – deydi u.
Bosh vazirning taʼkidlashicha, KXShT monitoring guruhining Armanistonga kelishi masalasi ochiqligicha qolmoqda. Shu sabab, mamlakat aʼzolikni muzlatish yoki de-yure tugatishni istisno etmaydi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Yerevan tashkilot oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgan deb qaror qilsa yoki a’zo davlat maqomi o‘z xavfsizligi masalalarini muhokama qilishga xalaqit bersa, tashkilotdan rasman chiqib ketadi.
Shu bilan birga, Nikol Pashinyan mamlakatda Rossiyaga ishonch darajasi pasayganini iddao qilmoqda.
KXShTga oltita davlat – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!