$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
29° Kechasi 18°

P.Koeloning portugalcha “Masnaviy”si

11:50 / 02.11.2023

Paulo Koelo - braziliyalik yozuvchi. Koelo 38 yoshga to‘lganida Ispaniyada ruhiy uyg‘ongan va bu haqda o‘zining “Ziyorat” nomli birinchi kitobida yozgan. Uni mashhur qilgan ikkinchi kitobi "Alkimyogar" edi.

Shunday mashhur asarlar muallifi sanalgan Poulo Koeloning yozuvchilik motivi sharq adabiyotida namoyon bo‘ladigan “ilohiylik”dan ilhomlangan. U islom dini bilan yaqindan tanish va sharq adabiyotini sevib mutoala qiladi.

Xo‘sh uning bolaligi, jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va xulosalari qanday bo‘lgan. Bu maqolada shu haqida munozara qilamiz.

Yozuvchining bolaligi

Koelo 1947-yil 24-avgustda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tug‘ilgan. Koelo iyezuit (Iso alayhissalom jamiyati negizidagi) maktablarda o‘qigan va uning ota-onasi dindor katolik bo‘lgan. U yozuvchi bo‘lishni xohlayotganini erta anglagan, ammo ota-onasi Braziliyada bu kasb kelajagini ko‘rmasligini aytib rad etishgan. Yosh Koelo isyonkor bo‘lgan. Harakteridagi qaysarlik sababli otasi uni 17 yoshida uch marta ruhiy kasalxonadagi shifokorlar ko‘rigiga olib borgan.

U bolaligidagi bu xotirani shunday ta’riflaydi: "Men otamni kechirganman. U meni yaxshi ko‘rganidan shunday qildi, ammo meni o‘ziga o‘xshashimni istardi. Men buni tushunib yetganman. Biroq bu mendagi isyonlarni yanada oshirgandi”.

Siyosiy faollik va oqimlarga berilish

Koelo otasining maslahati bilan huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi, biroq 1970-yillarda yengil hayot tarziga berilib o‘qishni tashladi. U mamlakatdagi harbiy boshqaruvga norozilik bildirgan braziliyalik musiqachilar uchun qo‘shiq matni yozgan. Yozuvchi siyosiy faolligi uchun uch marta qamoqqa tashlangan va qamoqxonada qiynoqqa solingan.

Musiqiy roking-rol jamosidagi faoliyati, siyosiy faol harakatlari, qamoqxonada o‘tkazgan tunlaridan keyin P.Koeloning ruhiyatida katta o‘zgarish ro‘y berdi. Izlagani bular emasligi tushundi hamda bir necha kasblar bilan shug‘ullandi. O‘zini va o‘zligini qidirdi. Ichidagi isyonlariga javob izladi va yo‘lga chiqdi. U 1986-yil 39 yoshida Ispaniyaga qilgan safari chog‘ida katolik ziyoratgohi bo‘lgan Santyago de Kompostela yo‘li bo‘ylab 500 mildan ortiq masofani bosib o‘tdi. Yo‘lda boshidan kechirgan yurish va ruhiy uyg‘onish uni o‘z ona portugal tilida sayohatning avtobiografik hikoyasi bo‘lgan "Ziyorat" asarini yozishga ilhomlantirgan.

"Alkimyogar" va Rumiy

Butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilikning ilhom manbai bo‘lgan “Alkimyogar” nomli kitobi bilan jahon sahnasiga chiqqan braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo Suriyaning ingliz tilida yuritiladigan “Forward” jurnaliga bergan intervyusida uning asarlari Islomning so‘fiylik an’analari ta’sirida yaratilishini aytgan. Xususan, darvesh va ishq shoiri Jaloliddin Rumiy kabi so‘fiy arboblariga katta hayratda ekanligini ta’kidlagan.

"Haqiqatan ham, so‘fiylik meni hayotim davomida ko‘p ilhomlantirdi va men "Alkimyogar", "Zohir" kabi kitoblarimning ayrimlarida bu an’anaga murojaat qilaman. Albatta, Rumiy men uchun esga tushadigan birinchi shaxs. Uning ta’limoti va qarashlari aql bovar qilmaydigan darajada nozik va aniq”, degan Koelo “Forward” jurnali bosh muharriri Sami Mubayedga bergan intervyusida.

1987-yilda yozilgan Allegorik roman andalusiyalik cho‘pon bola haqida bo‘lib, u mistik sayohatga ergashib, "Dunyo tili"da gapirishni o‘rganadi va shu tariqa o‘z xohish-istaklarini qabul qiladi. Aynan shu personaj sharq mumtoz adabiyotining vakili Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy” asarida keltirilgan bir hikoya motiviga juda o‘xshaydi. “Masnaviy”dagi hikoyatda bir misrlik novvoyning tushiga Shom yurti markazida joylashgan ko‘prik oldida o‘sadigan tok va undagi uzum shingillari takror-takror kiraveradi.

So‘ngra novvoy bu uzumda bir hikmat bordir deb, bor saqlab qo‘ygan pulini sarflab Shomga yetib boradi. U yerda o‘sha ko‘prikni topadi. Haligi tokning eng tepasida bir uzum shingili chiroyli bo‘lib pishib turgan bo‘ladi. U ming qiyinchilik bilan uni olishga harakat qilayotgan paytda shahar mirshabi kelib bu qiyinchiligining sababini so‘raydi. Shunda novvoy bir necha oydan buyon shu tokni va uzumni tushida ko‘rishini aytadi. Bu tushda hikmat bor deb, Misrdan Shomga kelganini ma’lum qiladi. Navvoyning gapini eshitgan mirshab rosa kuladi va: “Men bir necha yillardan buyon Misrda joylashgan bir navvoyning uyini ko‘raman.Uning eski tandiri tagida bir xum tilla bekitilgan. Lekin bitta shu tushni deb Misrga bormayman-ku!? Bu ahmoqchilik, deydiyu yo‘lini davom ettirib ketadi. Haligi novvoy shoshilgancha o‘z yurtiga qaytib ketadi. Uyga borib eski tandirining tagini qaziy boshlaydi va u yerdan bir xum to‘la oltin topadi.

“Alkimyogar”dagi cho‘pon Santyagoning xazina izlab aynan arab davlatiga ketishi ham bejiz emasdir. Tez orada "Alkimyogar" butun dunyo bo‘ylab kutilmagan hodisaga aylandi. Kitob, Koelo hisobiga ko‘ra, taxminan 35 million nusxada sotilgan va hozirda har qanday tirik muallif tomonidan dunyodagi eng ko‘p tarjima qilingan kitobdir. "Alkimyogar" nashr etilgandan beri Koelo har ikki yilda bir marta yangi kitob chiqardi. Uning 26 ta kitobi kamida 59 tilda 65 million nusxada sotilgan.

"Men kitob yozganimda, o‘zim uchun kitob yozaman. Odamlarga yoqish yoki yoqmasligi bu mening ishim emas".

Koelo 1980-yilda rafiqasi rassom Kristina Oitikika bilan turmush qurgan. Er-xotin birgalikda yilning yarmini Rio-de-Janeyroda, qolgan yarmini Fransiyaning Pireney tog‘laridagi qishloq uyida o‘tkazadi. 1996- yilda Koelo bolalar va qariyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan Paulo Koelo institutiga asos solgan.


Lifestyle


														
														Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Xurujning bu turi vaqtincha nafas tizimidagi uzilishlarga va titratuvchi tutqanoqqa sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
15:25 / 16.05.2024

														
														Husunbuzarlar haqida

Husunbuzarlar haqida

Nega badanda husnbuzar paydo bo‘ladi?
15:21 / 16.05.2024

														
														Xitoyda qurilish uchun shaffof bambuk yaratildi

Xitoyda qurilish uchun shaffof bambuk yaratildi

Uni shisha va yog‘ochga muqobil deb hisoblash mumkin.
14:09 / 16.05.2024

														
														Fransiyada noodatiy o‘quvchilar: qo‘ylar maktabga yuborildi

Fransiyada noodatiy o‘quvchilar: qo‘ylar maktabga yuborildi

Maktabda o‘quvchi tanqisligi kuzatilmoqda.
09:45 / 16.05.2024

														
														Yaponiyada o‘lim bilan tugaydigan xavfli kasallik avj olmoqda

Yaponiyada o‘lim bilan tugaydigan xavfli kasallik avj olmoqda

Yaponiyada o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan gemolitik streptokokkning rekord darajada tarqalishi qayd etildi.
09:41 / 16.05.2024

														
														Quyoshda juda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda juda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Oxirgi marta bunday alanga, aniqrog‘i X8.2 mashʼalasi 2017 yil 10 sentyabrda qayd etilgan.
09:35 / 16.05.2024

														
														Sayohat uchun 10 ta muhim maslahatlar

Sayohat uchun 10 ta muhim maslahatlar

Shu sababli sayohat bilan bog‘liq muammolardan qochishga yordam beradigan oddiy maslahatlar bilan bo‘lishgan.
10:26 / 15.05.2024

														
														Mana, nima uchun bahor faslida kayfiyatimiz ko‘tariladi

Mana, nima uchun bahor faslida kayfiyatimiz ko‘tariladi

Bahor fasli bunday pozitiv energiyaga ulasha oladigan ob-havoga limo-limdir.
10:23 / 15.05.2024

														
														Xitoyda hayvonlar uchun svetofor o‘rnatildi

Xitoyda hayvonlar uchun svetofor o‘rnatildi

U hayvonlar va chavandozlar harakatini tartibga soladi.
10:19 / 15.05.2024

														
														Taom tayyorlash jarayonini yengillashtiradigan foydali maslahatlar

Taom tayyorlash jarayonini yengillashtiradigan foydali maslahatlar

Ularni kundalik hayotingizda qo‘llashingiz mumkin.
10:17 / 15.05.2024

Bu ham qiziq

Surxondaryoda ayiq nega otib o‘ldirilganligi ma’lum qilindi

Surxondaryoda ayiq nega otib o‘ldirilganligi ma’lum qilindi

Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
16:42 / 15.05.2024
Xitoyda qurilish uchun shaffof bambuk yaratildi

Xitoyda qurilish uchun shaffof bambuk yaratildi

Uni shisha va yog‘ochga muqobil deb hisoblash mumkin.
14:09 / 16.05.2024
"Uzbekistan Airways" bir qator xorijiy reyslarga chegirmalarni e’lon qildi

"Uzbekistan Airways" bir qator xorijiy reyslarga chegirmalarni e’lon qildi

16-may kuni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 20% chegirma taqdim etiladi.
20:54 / 15.05.2024
“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kinochilar saroyini borib ko‘rdi.
18:48 / 16.05.2024
Rossiyadagi  O‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiyadagi  O‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
16:14 / 16.05.2024
Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

O‘tgan yili institut uchun 500 o‘rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirilgan.
17:26 / 16.05.2024
Bayden va Tramp o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

Bayden va Tramp o‘rtasida teledebat o‘tkaziladi

Bayden va Tramp 27-iyun kuni CNN telekanalida teledebat o‘tkazishga rozi bo‘lishdi.
11:21 / 16.05.2024
Yaponiyada yolg‘iz o‘layotgan keksalar soni ortib bormoqda

Yaponiyada yolg‘iz o‘layotgan keksalar soni ortib bormoqda

Yaponiya Milliy politsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam har yili 68 ming kishiga ko‘payishi kutilmoqda.
17:37 / 15.05.2024
Isroil BMTning Falastin huquqlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini rad etdi

Isroil BMTning Falastin huquqlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini rad etdi

Isroil hukumati o‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasining falastinliklarni BMTga to‘liq a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya qi…
12:04 / 16.05.2024
Floridada Trampning samolyoti boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi

Floridada Trampning samolyoti boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi

Qayd etilishicha, voqea yakshanba kuni sodir bo‘lgan.
14:10 / 15.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!