$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

10:06 / 26.04.2024

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi. Xabaringiz bor, 1966-yil 26-aprel kuni tongi soat 05:22 da poytaxt 8 balli zilzila bilan uyg‘onadi.

Toshkent shahri seysmik jihatdan faol zona hisoblanadi. Shahardagi zilzila epitsentri “Qashqar” (Qoshg‘ar) mahallasi va “Labzak” bo‘ladi. Hududda vertikal zarblar kuchining magnitudasi 5,3 ga teng, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik maydoni 10-12 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yerning 2-3 gers chastotada silkinishi 10-12 daqiqa davom etgan. Ta’kidlash joiz, shu yili 9-maydan 10-mayga o‘tar kechasi, 24-may va 5-iyunda (6-7 ballga teng) kuchli silkinishlar yana takrorlanadi.

Zilzila natijasida, 2 million metr kvadratdan ziyod turar-joy maydoni, 236 ta ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va ovqatlanish shoxobchalari, 26 ta kommunal xo‘jalik korxonasi, 180 ga yaqin o‘quv yurti, 8 ming o‘rinli maktablar, 36 ta madaniy-maishiy muassasalar, 185 ta tibbiyot va 245 ta sanoat korxona binolari jiddiy zarar ko‘radi. 78 ming oila yoki 300 ming odam boshpanasiz qoladi. Ba’zi manbalar zilzilada 8 kishi halok bo‘lib, 200 ga yaqin kishi jarohatlangan desa, ayrim manbalar raqamlar ancha jiddiy ko‘rinish tus olgan deydi.

Mazkur voqeadan so‘ng, Toshkentda mingdan ortiq chodirlar tikiladi, 600 ga yaqin vaqtinchalik oziq-ovqat do‘konlari tashkil qilinadi. Suv ta’minoti uzluksiz ishlaydi. SSSRning barcha davlatlaridan Toshkentga turli ko‘rinishda yordamlar kela boshlaydi.

Zilziladan zarar koʻrgan Toshkentga qoʻshni respublikalardan gumanitar yordamlar kela boshlaydi. Boshpanasiz qolganlarni joylashtirish, sanoat va savdo korxonalari ishini qayta tashkil etish va boshqa tadbirlar belgilanadi. Zilzila oqibatida vayron boʻlgan uy-joylar oʻrnida zilzilabardosh yangi binolar qad koʻtaradi. Qisqa vaqt ichida shahar qiyofasi tubdan oʻzgaradi. Toshkent goʻzal, zamonaviy shaharga aylana boshlaydi.

Toshkent zilzilasini sinchiklab oʻrganish natijasida bu joylarda bir qancha seysmogen zonalar aniqlangan va ularning xaritasi tuzilgan. Keyingi paytlarda shu zonalarda bir qancha kuchli zilzilalar sodir boʻlgan. 1977-yil Yangiyoʻl yaqinida, 1977-yil Tovoqsoyda, 1980-yil Nazarbekdagi zilzilalar shular jumlasidandir.

Toshkent zilzilasi Oʻrta Osiyoda seysmologiya fanining rivojlanishiga turtki boʻldi. Shundan so‘ng Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda seysmologiya ilmiy tadqiqot institutlari ochiladi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Seysmologiya instituti xodimlari zilzilani oldindan aytib berish, uning sabab va oqibatlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

 


Bu ham qiziq

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Muhammad Alining uyi AQShda kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Uyning boshlang‘ich narxi 13,5 million dollarni tashkil qilgan.
08:56 / 06.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024
BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT “Al-Jazeera”ning yopilishiga qarshi chiqdi

BMT mamlakatlarning matbuot erkinligi prinsipidan voz kechishiga qarshi, dedi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik …
10:56 / 06.05.2024
Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024
O‘zbekistonda 3 oyda  qancha qurilish ishlari bajarilgan?

O‘zbekistonda 3 oyda qancha qurilish ishlari bajarilgan?

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga oshgan.
15:08 / 06.05.2024
O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

Ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilarning 37,0 foizini ayollar, 63,0 foizini esa erkaklar tashkil qiladi.
10:20 / 06.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!