$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Prezident aholi bandligini oshirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

21:36 / 08.01.2024

 

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 

 

Ctatistikaga ko‘ra, mamlakatda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qiladi. Bu yil yana 2 million 400 ming aholi mehnat bozoriga kirib keladi.

 

Shularni inobatga olib, sifatli va yuqori daromadli ish o‘rinlari hisobiga joriy yilda 5 million aholining bandligini taʼminlash maqsad qilingan. Jumladan, xizmatlar sohasida 2,5 million, qishloq xo‘jaligida 2,1 million, investitsiya loyihalari va sanoatda 250 ming, qurilishda 140 ming ish joyi yaratish imkoniyati bor.

 

Bundan tashqari, zamonaviy moliyaviy instrumentlar, jumladan, mikromoliyalashning yangi tizimini keng joriy qilish orqali 2 million aholini biznesga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

 

Taqdimotda mutasaddilar 2024 yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi bo‘yicha axborot berdi.

 

Davlat rahbari bu dasturni maʼqullab, uni amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

 

So‘nggi yillarda 2 million 400 ming aholi o‘zini o‘zi band qilgani taʼkidlanib, endi ularning faoliyatini kengaytirish, bosqichma-bosqich kichik biznesga o‘tkazish va bozor topishiga ko‘maklashish muhimligi aytildi. “Mening biznesim” platformasi, “Biznesga birinchi qadam” bank kartalari joriy etilishi buning uchun qulaylik yaratadi.

 

Iqtisodiy aylanmaga kiritilmagan yerlarni infratuzilmaga ulash, loyihalarni ishga tushirish uchun tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi. “Agregator” tizimi asosida “100 ming eksportchi dehqon” dasturi joriy qilinib, bu yil 15 ming gektar yer maydonlari auksionga chiqarilishi belgilandi.

 

Mehnat stajiga ega bo‘lmagan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarni ishga olgan korxonalarga soliq bo‘yicha yengilliklar qo‘llash muhimligi ham aytib o‘tildi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni aniqlash vazifasi qo‘yildi.

 

Taqdimotda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash tartibini soddalashtirishga oid takliflar ham ko‘rib chiqildi.

 

Maʼlumki, bu yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilindi. Biznesni yuritish uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

 

Aytish joizki, shu paytgacha tadbirkorlardan mavjud maʼlumotlarni qo‘shimcha ravishda talab qilish holatlari bor edi. Joriy yildan boshlab 34 turdagi hisobotlar bekor qilinmoqda. Buning natijasida har yili 21 mingdan ortiq tadbirkorning 500 million so‘m xarajati tejaladi.

 

O‘zi umuman, tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlanmagan. Shu bois davlatimiz rahbari yagona hisobotlar tizimini joriy qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Shuningdek, tadbirkorlarga majburiy talablarni qisqartirish maqsadida 16 ta litsenziya va ruxsatnomani bekor qilish lozimligi belgilandi.

 

Bu borada berilayotgan yengilliklarni tadbirkorlarga yetkazish, ularning takliflarini doimiy o‘rganib, statistik hisobotlarni yana-da maqbullashtirib borish vazifasi qo‘yildi.


Lifestyle


														
														Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024

														
														So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024

														
														Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024

														
														Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024

														
														Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024

														
														Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024

														
														Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024

														
														Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024

														
														Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024

														
														Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024

Bu ham qiziq

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonada odamlar tinchligini buzgan isroillik fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Aniqlanishicha, u mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchligini buzgan.
14:58 / 18.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!