$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Qashqadaryoda yot diniy g‘oyalarni targ‘ib qilgan shaxsga hukm o‘qildi

11:12 / 12.06.2023

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro 2019-2022-yillarda Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan davrida internet orqali terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmo‘min va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga, islomiy davlat qurishga chorlovchi ma’ruzalari ta’siriga tushib qoladi.

So‘ngra u Instagram’da aqidaparastlik materiallarni tarqata boshlaydi.

Shuningdek, u Telegram'da ham “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti vakillari bilan aloqa o‘rnatib, tashkilot g‘oyalari singdirilgan va amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga xizmat qiluvchi materiallarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Youtube orqali ham “Hizb ut-Tahrir”ning targ‘ibotchisi bilan bog‘lanib, uning faoliyatini faollashtirish uchun bank ilovasi orqali pul mablag‘i yuboradi.

O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u g‘ayriqonuniy harakatlarini davom ettirgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining hukmi bilan, mazkur shaxs Jinoyat kodeksining 155-3, 159 va 244-1-moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.


Bu ham qiziq

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

Boshlang‘ich narx bilan taqqoslaganda, avtomobil raqamining narxi ikki-uch barobarga oshgan.
11:21 / 20.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
12:48 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!