$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Qorabog‘dagi portlash qurbonlari soni ma’lum bo‘ldi

14:21 / 26.09.2023

Ma’lum qilinishicha, Qorabog‘dagi Xonkendi (Stepanakert) - Askeran trassasidagi yoqilg‘i saqlanadigan omborxonada portlashda kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, portlash joyida 13 nafar noma’lum jasad topilgan, ular ekspertiza uchun yuborilgan, shuningdek, yetti kishi shifoxonada vafot etgan.

“Ko‘p odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda”, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, portlashdan so‘ng turli darajadagi kuyishlar bilan jami 290 kishi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

Ozarbayjon markaziy hokimiyati Xonkandidagi portlash qurbonlarini davolash uchun tibbiy yordam yubordi.

“2023-yilning 25-sentyabr kuni Xonkandi shahri yaqinidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Shu munosabat bilan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida 200 kishini davolash uchun kuyishga qarshi tibbiy buyumlar, bog‘lamlar, qo‘lqoplar, dori-darmonlar (spreylar, kremlar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, antibiotiklar va boshqalar) bo‘lgan tez tibbiy yordam mashinasi yuborildi”, - deyiladi Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati xabarida.

O‘z navbatida Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarga ega shifokorlar guruhi portlashda yaralanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Xonkandiga vertolyotda uchib ketganini ma’lum qildi.


Bu ham qiziq

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!