$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
18° Kechasi 12°

Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

15:14 / 03.01.2024

O‘tgan uch yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 61,5 foizdan 70,5 foizga, kanalizatsiya qamrovi 5,4 foizdan 5,6 foizga yetkazilgan. 

Shuningdek, kelgusi besh yilda respublikada markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70,5 foizdan 89,7 foizga, kanalizatsiya qamrovi esa 5,6 foizdan 24,6 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun barcha manbalar hisobidan 5,9 trillion so‘m evaziga, 3,192 kilometr ichimlik suvi va 438,6 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, shuningdek, 179 ta suv inshooti qurish va rekonstruksiya etilishi belgilangan.

Bundan tashqari ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentyabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6074-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.09.2023 yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan 2023-yil 26-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2024-yilning 15-yanvaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlar bo‘yicha quyidagi belgilangan yangi tariflar amalda qo‘llaniladi:

Ichimlik suvi:

a) aholi uchun –1 m3 - 2900 so‘m;

b) byudjet tashkilotlari uchun - 1 m3 – 5 700 so‘m; (QQSsiz)

v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1 m3 – 5 700 so‘m; (QQSsiz)

Oqova suv xizmati uchun:

a) aholi uchun – 1 m3  - 1400 –so‘m;

b) byudjet tashkilotlari uchun - 1 m3 – 2 800 so‘m; (QQSsiz)

v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1 m3 – 2 800 so‘m (QQSsiz)

 


Bu ham qiziq

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!