$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Qo‘shma shtatlarda yuvoshligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi

14:20 / 04.05.2024

AQShda Uolli laqabli alligator g‘oyib bo‘ldi. Uning egasi Joi Henni ta’kidlashicha, uy hayvoniga aylanib ulgurgan alligator Jorjiya shtatining Bransuik shahriga sayohat vaqtida o‘g‘irlab ketilgan. Yirtqich hayvon noma’lum shaxslar tomonidan tabiatga qo‘yib yuborilgan, deya taxmin qilinmoqda.

Alligator egasiga depressiya va saraton kasalligidan omon qolishda yordam bergan. Uolli insonlar bilan quchoqlashishni yaxshi ko‘rardi.

Aprel oyi oxirida Joi Henni ijtimoiy tarmoqdagi “Uolli — insonlarni hissiy qo‘llab-quvvatlaydigan alligator” rasmiy guruhida post qoldirdi va unda jonivor do‘stini mehmonga ketganida o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qildi. Afsuski, qidiruvlar hech qanday natija bermagan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, AQSh Tabiiy resurslar vazirligi xodimlari Uolli va yana 20 ta alligatorni botqoqlikka qo‘yib yuborgan. Taxminlarga ko‘ra, bu hodisa Uolli o‘g‘irlab ketilgan kuni sodir bo‘lgan. Joi bundan xabar topgach, do‘stlari bilan botqoqlikka yetib keldi, ammo qidiruvlar befoyda edi. Tabiiy resurslar vazirligi xodimi Henniga aytganidek, endi Uollini topishning imkoni yo‘q.

Joi Henni TikTok tarmog‘ida muxlislardan uning do‘stini qaytarib berishlarini yig‘lab so‘ragan videoni joylashtirdi.

Alligator Uolli va Joi Henni do‘stligi tarixi

Ov va baliqchilik haqidagi shouning sobiq boshlovchisi Joi Henni 2015-yilda Uollini asrab oldi va alligatorga “Emotsional yordam beruvchi hayvon” sifatida litsenziya berdi. Dastlab hayvon ko‘p narsadan qo‘rqqan, so‘ng tez orada uning xatti-harakati sudraluvchilarning odatiy xatti-harakatlaridan farq qilishini payqagan. Uolli quchoqlashishni, egasi bilan birga vaqt o‘tkazishni va u bilan beysbol o‘yinlariga borishni yaxshi ko‘rardi.

2019-yilda Joining uch nafar oila aʼzosi va to‘rt do‘sti ikki hafta ichida vafot etdi. Alligator unga og‘ir depressiyani yengishga yordam berdi. 2022-yilda unga prostata saratoni tashxisi qo‘yilganda ham Uolli orqali shifo topdi. Alligator haqiqiy uy hayvonidek edi, u hech qachon atrofdagilarga tajovuzkorlik qilmagan va doim egasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan.


Lifestyle


														
														Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024

														
														Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024

														
														Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Birinchi nomzod baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan Nolan edi.
17:04 / 17.05.2024

														
														Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024

														
														Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024

														
														Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024

														
														Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024

														
														Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Xurujning bu turi vaqtincha nafas tizimidagi uzilishlarga va titratuvchi tutqanoqqa sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
15:25 / 16.05.2024

														
														Husunbuzarlar haqida

Husunbuzarlar haqida

Nega badanda husnbuzar paydo bo‘ladi?
15:21 / 16.05.2024

														
														Xitoyda qurilish uchun shaffof bambuk yaratildi

Xitoyda qurilish uchun shaffof bambuk yaratildi

Uni shisha va yog‘ochga muqobil deb hisoblash mumkin.
14:09 / 16.05.2024

Bu ham qiziq

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
15:51 / 17.05.2024
Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Surunkali holsizlikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Kun boshlanishidayoq charchoqni his qilish sababi nimadaligi va bunday holatda nima qilinishi kerakligiga to‘xtalamiz.
14:58 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

“Markaziy Osiyo-2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
13:13 / 17.05.2024
Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘…
10:35 / 17.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

“KXDR Yaponiya dengiziga qarshi ballistik raketani uchirdi”, – degan Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi.
12:12 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!