$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Rasman: Toshkent shahar hokimi ishdan olindi

10:16 / 16.01.2023

Prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

Unda o‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi bois Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Farhod Abduraxmanov lavozimlaridan ozod etildi.

“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman”, – dedi davlatimiz rahbari.

Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘ygani ta’kidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga umuman tayyor emasligi keskin tanqid qilingan.

Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan ob’yektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora ko‘rilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirilgan.

Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etilgan.

Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini o‘rganish topshirildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati raisi Farhod Abduraxmanov lavozimidan ozod etildi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlangan.


Bu ham qiziq

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

Hozirda Rafahdan ko‘p sonli odamlar kelishi tufayli mintaqadagi vaziyat og‘ir.
17:38 / 17.05.2024
“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muz…
09:38 / 18.05.2024
Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda rasman ishlayotgan pensionerlar soni ochiqlandi

Shundan 234 044 nafari erkaklar.
16:56 / 17.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!