$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

SamAuto`dan D-MAX quest hayotni qanday o‘zgartiradi?

18:09 / 23.11.2023

Mana ikkinchi martadirki tashabbuskorlar jamoalarga jamlanib, sarguzashtlar sari otlanmoqdalar va O‘zbekistonning eng go‘zal joylari bo‘ylab sayohat qilmoqdalar. Keyingi manzil qayer bo‘lishini va yo‘lda qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelishini hech kim bilmaydi, ammo bu qiziqishni aslo so‘ndirmaydi. Ko‘pchilik qatnashchilar uchun SamAuto avtokvesti yangi hayot uchun turtki bo‘ldi.

Bugun “Omad ovchilari” jamoasining kapitani Roman Shitikov o‘z tarixini so‘zlab beradi. Bu jamoa 2021-yilda o‘tgan birinchi D-MAX quest`da yarim finalgacha yetib borgandi va bu yil jamoalar uchun ishqibozlik qilish maqsadida bosqichlarga tashrif buyurdi.

Kvestga bo‘lgan hayot: uy — ish — uy

Men Toshkentda yashardim va xususiy kompaniya xodimi o‘laroq, boshqalarnikidan farqi bo‘lmagan, odatiy hayot kechirardim: uy — ish — uy. Ba’zida, dam olish kunlari dala hovliga chiqib turardik. Tog‘larga korporativ chiqishlar undan ham kamroq bo‘lardi. Zombiga o‘xshardim: hayot uchun yashash, pul topdingmi – shu zahoti sarflash. Xullas, eslashga ham arzimaydi. Rafiqam Svetlanada ham deyarli shu ahvol edi. U uy bekasi bo‘lib, ro‘zg‘orni obod qilish va bolalar parvarishi bilan band bo‘lardi, umuman olganda, begona odamlarga aralashishni yoqtirmasdi.

Keyin hayotimizga D-MAX quest kirib keldi. U haqda hamkasbim so‘zlab qoldi: ijtimoiy tarmoqda reklamasini ko‘rgan ekan. Oldin ikkilandik: buning uchun kuchimiz ham, vaqtimiz ham yetmaydigandek ko‘ringandi. Keyin esa, ofisdan chiqmay turib yana ikki ishtirokchini topdik: rafiqam ikkimizga Akmal Ahmedov va Sardor Aslonov qo‘shildi.

Akmal nihoyatda qadrli do‘st va juda oqko‘ngil inson. Odatiy ofis xodimi esa-da, qalban har doim sarguzashtlarga intilardi. Bunga doimgidek, vaqt yetishmasligi to‘sqinlik qilardi. U biz bilan kvestni boshidan oxirigacha qanday bosib o‘tgani jumboqligicha qolmoqda. Sardor – “mardonavor do‘st”, har doim har qanday g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga va bitta chaqirishdayoq noma’lumlik tomon otlanishga tayyor. To‘g‘ri, kvestgacha bu haqda bilmas edik – chunki u ham “ish–uy–ish” rejimida yashagandi.

Pikap uchun kelgandik, lekin sovrin eng muhimi emasligini darrov tushundik

Kvestga faqat mashina uchun kelgandik – SamAuto kompaniyasi qudratli Isuzu D-MAX pikapini o‘rtaga qo‘ygandi. Yangigina yo‘ltanlamas yutib olishga nega urinib ko‘rmaylik ekan? Biz har bir bosqichni ichimizda titroq bilan kutardik. Yangi manzillar? Eh-ey! Yangi, bajarib bo‘lmas topshiriqlar? Ha-da! Bir-birimizga nisbatan hech qanday achinish yoki g‘azab bo‘lmasdi, lekin u paytdagi his-tuyg‘ularni ta’riflashga til ojiz. G‘alaba yolqinidan gurillagan olovni his etardik. Hammasi yakun topganda ham qayg‘uning miltillayotgan cho‘g‘i qoldi. Mana shuning uchun biz yana va yana qatnashishga tayyormiz.

Kvestdan keyingi hayot: rafiqam – eng yaxshi do‘st

Kvestdan biz yangicha odamlar bo‘lib qaytdik, endi eslashga arzigulik narsalar bor edi. Xuddi shu nom va tarkibda biz GPS bilan mo‘ljal olish bo‘yicha off-road kvestlarida qatnashdik, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladik. Svetlana yaxshi jamoalarni shunchalik yoqtirib qoldiki, barcha chiqishlarimiz va to‘planishlarimizda jon deb qatnashadigan bo‘ldi. Men uchun ayolimning butunlay yangi qirralari ochildi. Endi u nafaqat rafiqa, balki har doim va har joyda birgalikda vaqtni qiziqarli o‘tkazadigan eng yaxshi do‘stdir.

Ayolim bilan sayohatlarga shunchalik qiziqib ketdikki, o‘z kuchimizni sinay boshladik. Ikki yil ichida qiziqarli manzillar izlab minglab kilometrlarni yurib qo‘ydik, yaxshiyam, masofadan ishlash sayyoraning istalgan nuqtasida faoliyat olib borish imkonini beradi. Darvoqe, men ishimni ham kvest tufayli o‘zgartirdim, chunki hayotdagi o‘zgarishlardan cho‘chimay qo‘ydim.

Mashinada dastlab Chimkentga, keyin Almatiga safar qildik. O‘zimizga ishonch ortdi va yo‘l-yo‘lakay bir necha yirik shaharlarga tashrif buyurib, Sankt-Peterburgga bordik. Viborg shahrigacha borib, ortga qaytdik. Shundan buyon sayohat biz uchun shaxsiy afyunga aylandi: har dam olish kunlari biz qayergadir sayohat qilamiz. Xotiralar sandig‘i har bir sayohatdan keyin tobora boyib, qiziqarliroq bo‘lib boradi. Endi men bunday qiziqishlar bilan yashash qanday ajoyibligini tushunyapman.

Biz ikkinchi kvestda mamnuniyat bilan qatnashdik, lekin vaqt borasida qiyinchiliklar tufayli o‘ta olmadik. Ammo bu bizni to‘xtatmadi va biz manzillarga shunchaki tomoshabin sifatida qatnay boshladik. Alohida bir jamoa uchun emas, tadbirning o‘ziga ishqibozlik qildik. Biz endi oddiy ko‘ngilli hamda D-MAX questning faxriy mehmoni sanalamiz. Buning davom etishi uchun har narsaga tayyormiz. Va endi gap mashinada ham emas.

Ayolim va do‘stlarim hayotda qayta jonlanlanganligimiz uchun D-MAX quest`ga va loyiha homiylariga katta rahmat deyman.

D-MAX QUEST 2023

Bu yil D-MAX yana-da kengroq ko‘lamda o‘tkazildi, ro‘yxatdan o‘tishga 2200 kishi ariza topshirdi, saralash bosqichiga har biri 4 kishidan bo‘lgan 209 ta jamoa o‘tdi, kvestning o‘zida 16 ta eng kuchli jamoa qatnashdi. Loyihaning rasmiy xomiysi bo‘lib, Ipak Yo‘li Banki, axborot xamkorlari —UzReport telekanali va Repost internet nashriyoti, loyihani Total, Megamix kompaniyalari hamda Prime restorani qo‘llab quvvatladilar.

Va mana, shu shanbada – 25-noyabrda final o‘yini hamda yangilangan ISUZU D-MAX pikapining taqdimoti o‘tkaziladi. Aynan shu kun qaysi jamoaga yangigina pikap kaliti topshirilishi ma’lum bo‘ladi.

Ikkinchi D-MAX quest`ning eng yorqin lahzalarini har juma UzReport efirida yoki SamAuto`ning rasmiy Youtube-kanalida tomosha qiling.

*Reklama


Bu ham qiziq

Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Birinchi nomzod baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan Nolan edi.
17:04 / 17.05.2024
Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 17-may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
07:22 / 17.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

O‘zbekistondagi ayrim fuqarolarga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
14:36 / 17.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Toshiba 4 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Yaponiya elektronika ishlab chiqaruvchisining qarori moliyaviy yo‘qotishlar bilan bog‘liq.
13:17 / 17.05.2024
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

“Markaziy Osiyo-2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
13:13 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!