$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikkita jinoyatda gumonlanayotgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

16:40 / 19.04.2024

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i ikki jinoyatda gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi. Palata holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mart oyi avvalida Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan, bunga qadar hokim yordamchisi boʻlib ishlagan Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga asosan, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga ko‘ra, xodimni ishdan chetlashtirish qonunchilikka muvofiq, vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga huquqni muhofaza qilish organlaridan M.Omonboyevani ishdan chetlashtirish bo‘yicha talabnoma kelib tushmagan va M.Omonboyeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Mazkur holat yuzasidan o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Uchrashuvda Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga a…
15:54 / 02.05.2024
Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda.
11:06 / 02.05.2024
Xitoy janubida avtomagistralning qulashi sodir bo‘ldi

Xitoy janubida avtomagistralning qulashi sodir bo‘ldi

“CCTV” xabariga ko‘ra, kamida 19 kishi halok bo‘lgan.
15:08 / 01.05.2024
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

Fuqarolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
15:23 / 01.05.2024
Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
11:10 / 01.05.2024
Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Fransiyadagi Olimpiada paytida chiqindichilar ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

Ish tashlashlar 14-16-may, 22-24-may va 1-iyuldan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi mumkin.
12:49 / 01.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egallagan.
17:12 / 01.05.2024
Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Coca Cola eng ko‘p chiqindi chiqaruvchi brend hisoblanadi

Ushbu kompaniyalar aniqlangan chiqindilarning deyarli 25 foizini tashkil qiladi.
14:48 / 02.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!