$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi tashkil etiladi

11:57 / 30.03.2024

“O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida’’gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan:

• Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizom;
• Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Ekspert komissiyasi ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va (yoki) tegishli sohada davlat siyosatini yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida tuziladi.

Texnik reglament loyihasini ishlab chiquvchi organ uni komissiyaga yuboradi, komissiya aʼzolari tomonidan 15 kalendar kun ichida takliflar taqdim etiladi. Taqdim etilgan loyiha bo‘yicha komissiya yig‘ilishida qaror qabul qilingandan so‘ng qaror bir hafta ichida manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Standartlar instituti tuzilmasida Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi tashkil etilmoqda. Uning vazifalari:

• JSTga aʼzo davlatlarni respublikada xalqaro standartlarga asoslanmagan yoki ulardan sezilarli darajada farq qiladigan yangi texnik reglamentlar ishlab chiqilayotgani to‘g‘risida o‘z vaqtida (ishlab chiqish bosqichida) xabardor qilish;
• JSTga aʼzo davlatlar axborot markazlari so‘rovlariga javoblar taqdim etish;
• JSTga aʼzo davlatlarining yangi texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha xabarnomalari bo‘yicha fikr bildirish;
• JSTga aʼzo davlatlarning savdodagi texnik to‘siqlar sohasida rejalashtirilgan yoki qabul qilingan choralari to‘g‘risidagi xabarnomalarni respublikaning tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalari va boshqa manfaatdor tomonlarga ularning so‘roviga ko‘ra taqdim etish.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 26-martdan kuchga kirdi.


Bu ham qiziq

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!