$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Shahnoza Mirziyoyeva: “Qonunbuzarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanadi”

09:42 / 18.03.2024

Avval xabar berganimizdek, Samarqandda 13 yashar bola Damas’da oyog‘i zanjir bilan kishanlangan holda topilgandi. Holatga Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva munosabat bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, 15-mart kuni Samarqandda yuz bergan voqeaga ishonish qiyin bo‘lsada, har qanday muammoning yechimi uni qabul qilishdan boshlanishini tushunish kerak. Majburiy ravishda kishanband qilingan o‘smirga malakali psixologlar tomonidan zarur yordam ko‘rsatilmoqda, ayni paytda uning salomatligiga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q.

“Jamoatchilikni larzaga keltirgan bu hodisa ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga barham berish uchun hali yetarli emasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Qolaversa, bu qonunbuzarlik barchamiz uchun muborak ramazon oyida sodir etilgani kishini battar qayg‘uga soladi.

Yurtimizda birorta ham voyaga yetmagan shaxs bunday holatga tushib qolmasligi uchun jamiyatimizda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat shakllanishi yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz”, – deydi Shahnoza Mirziyoyeva.

U, shuningdek, mazkur jinoyat fosh bo‘lishiga hissa qo‘shgan, o‘z vaqtida ichki ishlar organlariga xabar bergan hushyor va g‘amxo‘r jamoatchilik vakillariga minnatdorchilik bildirdi. Ularning yordami bilan o‘smir uchun yanada ayanchliroq zo‘ravonliklarga duchor bo‘lishining oldi olinganini qayd etdi.

“Samarqandda ro‘y bergan voqea Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nazoratga olingan. Biroq biz quruq bayonot bilan cheklanib qolmay, jabrlanuvchining sog‘lomlashtirilishi, ta’lim olishi va normal sharoitda yashashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi uchun g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Kim bo‘lishidan qat’i nazar qonunbuzarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanishiga ishontirib qolaman”, – dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, ayni paytda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroil G‘azodagi qochqinlar lageriga qator zarbalar berdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida kamida 14 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
11:06 / 17.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

KXDR Yaponiya dengiziga raketa uchirdi

“KXDR Yaponiya dengiziga qarshi ballistik raketani uchirdi”, – degan Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘shma qo‘mitasi.
12:12 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

Umurtqa pog‘onasini qiyshaytiruvchi odatlar

“Cosmopolitan” nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.
15:46 / 17.05.2024
Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar berdi.
15:17 / 17.05.2024
Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Ijtimoiy tarmoqlarning salomatlikka foydasini oshirishga doir maslahatlar

Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan.
15:53 / 17.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!