$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik bog‘bonga Tracker sovg‘a qildi

17:59 / 14.04.2024

Sayxunobod tumanidagi Paxtakon mahallasida yashovchi Tursunboy ota Aripovni nafaqat tumanda, balki viloyatda ham ko‘pchilik mirishkor bog‘bon sifatida biladi.

Otaxon mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan. Keyinroq tumanda tashkil etilgan bo‘rdoqichilik chorva fermasida 40 yil mehnat qildi.

2011-yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shug‘ullana boshladi. Uzoq yillar uzum yetishtirib, tok parvarishining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini ko‘paytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi.

Tursunboy ota turmush o‘rtog‘i Inoyatxon aya bilan 3 o‘g‘ilni tarbiyalab elga qo‘shdi. Bugungi kunda chol-kampir 16 nafar nevara-chevara ardog‘ida. O‘g‘illari Azizjon, Azimjon Azamatning katta tomorqalarida ham uzumning ko‘plab navlari parvarish qilinmoqda.

“Prezidentimizning tumanimizga tashrifi mening hayotimda eng baxtli, esda qolarli kun bo‘ldi”, – deydi Tursunboy ota.

– Tashrif chog‘ida Yurtboshimiz menga Tracker avtomashinasini sovg‘a qildi. Keyin mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishimni aytdi. Ishonsangiz, haligacha hayajonim bosilgani yo‘q. Xushxabarning qo‘shqanoti bo‘ladi, deganlaridek, mahalla- ko‘y, tumanimiz, viloyatimiz, qolaversa, vodiydagi qarindoshlar, do‘st-birodarlarning tabriklari og‘ushida yashayapman. Farg‘ona vodiysining Oltiariq tumanidagi Uzumchi mahallasi singari endi bizning mahalla aholisi ham uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Hamqishloqlarimga bu borada qo‘limdan kelganicha xizmat qilaman.

Otaning kenja o‘g‘li Azamat anchadan buyon Rossiyada ishlardi. Davlat rahbari tashrifidan xabar topgach, uydagilarga “Qanday zo‘r imkoniyatlar berilayapti. Men endi o‘zimizda ishlayman, deb 3-4 kun oldin uyiga qaytib keldi. Endi kredit olib parrandachilik bilan shug‘ullanish niyatida.

Ayni kunlarda otaxonning hovlisi uzumchilikka qiziqqan bog‘bonlar bilan gavjum. Prezidentimizning sovg‘asi minglab odamlarni, ayniqsa, yoshlarni mehnatga ruhlantirmoqda.


Bu ham qiziq

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!