$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

16:58 / 09.05.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Gʻalabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Moskvaning Qizil maydonida Gʻalaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Gvineya-Bisau Prezidenti Umaru Sisoku Embalo, Laos Prezidenti Txonglun Sisulit va Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel ham kuzatdi.

Ko‘plab tarixiy dalil va misollar O‘zbekiston xalqi buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shganini yaqqol tasdiqlaydi.

Dahshatli urush boshlangan birinchi kunlardanoq yurtdoshlarimiz fashizmga qarshi mardona kurashga otlandi. O‘sha paytda respublikamiz aholisi 6,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan 1 million 950 mingdan ortig‘i yovuz dushman bilan yuzma-yuz bo‘lib qonli janglarda ishtirok etgan. Bu botir va dovyurak o‘g‘lonlarning 538 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok bo‘lgan. 158 ming nafardan ko‘prog‘i bedarak ketgan.

O‘zbekistonlik askar va ofiserlardan 214 ming nafardan ziyodi jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 301 nafar yurtdoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari esa uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo‘lgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik ofiserlar orasidan o‘nlab generallar, mohir qo‘mondonlar yetishib chiqqan.

O‘zbekiston urush yillarida front ortidagi mustahkam ta’minot bazasiga aylandi. Yurtimizdan jang maydonlariga katta miqdorda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, palatka, parashyut va boshqa zarur mahsulotlar yuborilgan. Urush bo‘layotgan hududlardan O‘zbekistonga 170 dan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirilib, tezlik bilan ishga tushirilgan. O‘zbekiston aholisi 1941-43-yillarda mudofaa fondiga 475 million rubldan ortiq mablag‘ni, 22 million rubllik qimmatbaho shaxsiy buyumlarini ixtiyoriy ravishda topshirgani g‘alabani yaqinlashtirishga yana bir muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

O‘sha suronli yillarda xalqimiz gumanizm va insoniylik bobida o‘ziga xos tarixiy maktab yaratdi. Urush alangasi ichida qolgan hududlardan ko‘chirib keltirilgan, turli millatga mansub 1 million 500 mingga yaqin insonlar O‘zbekistondan panoh topdi. Ularning orasida 250 mingdan ziyod yetim bolalar ham bor edi. Xalqimiz ularga mehr berdi, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rdi.

Xalqimizning yuksak jasorati va bag‘rikengligini tasdiqlovchi ushbu tarixiy dalillar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilgan.

Yurtimizda Ikkinchi jahon urushida jang qilgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan ajdodlarimizning jasoratini abadiylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Urush qatnashchilari va nogironlari har yili rag‘batlantirilmoqda. Toshkent shahrida ulkan Gʻalaba bog‘i ochildi, shu kungacha u yerga 2 million 200 ming nafardan ziyod ziyoratchilar tashrif buyurdi.

Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.

Yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan uchun jonini fido qilgan turli millatlarga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining qahramonligi va jasorati ramzidir.

Prezidentlar bir daqiqalik sukut bilan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Marosim yakunida faxriy qorovul va orkestr tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.

Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


O‘zbekiston


														
														Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
12:48 / 20.05.2024

														
														Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Pre…
12:06 / 20.05.2024

														
														Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024

														
														20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024

														
														Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Samarqandda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB xabar berdi.
11:38 / 19.05.2024

														
														Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024

														
														Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024

														
														Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024

														
														19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024

														
														Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024

Bu ham qiziq

Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Shundagina ularni uzoqroq muddat davomida iste’mol qilish mumkin.
11:30 / 20.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya hukumati yangi qonun loyihasini shoshilinch tayyorlayotgani haqida avvalroq OAVlar xabar bergandi.
11:36 / 20.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!