$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Shov-shuvli intervyu: Nimalarni ko'zdan qochirdik?

01:06 / 30.11.2022

Minerva City asoschisi, hindistonlik tadbirkor Murali Lal Jalan Kun.uz saytiga bergan intervyusida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevni shantaj qilishda ayblamoqda.

2021-yilning mart oyida hokimlikdagi shaxsiy yig‘ilishda hokim go‘yoki unga ultimatum qo‘ygan: yo u o‘zining loyihalaridan birini, masalan, Bektemir tumanidagi “Leyk City”ni amalga oshirishdan rasman voz kechishi kerak yoki 100 million dollar depozitga qo‘yishi kerak.

Xabardor.uz jamoasi aynan shu mavzuda jurnalistik surishtiruv olib bordi va quyidagi fikrlarni bildiradi:

Birinchidan, Kun.uz o‘zining rezonansli materialini e’lon qilishidan avval nima uchun shaxsan Ortiqxo‘jayevga yoki Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatiga murojaat qilib, vaziyatni ochiqlamagan. Bilamiz o‘zini hurmat qilgan har bir media yoki OAV uchun bu etik norma hisoblanadi.

Ikkinchidan, O‘zbekistonning OAVga tegishli qonunchiligida ham axborot tarqatishda xolis bo‘lish, haqqoniy axborot berish beligilab qo‘yilgan.

Uchinchidan, jurnalist J.Ortiqxo‘jayevning oddiy fuqaro o‘laroq, mamlakat poytaxtining hokimi va Senat a’zosi sifatidagi obro‘sini tushirish, uning shaxsiyati va reputasiyasiga putur yetkazishi huquqiy oqibatlarga olib kelishini unutmasligi kerak.

To‘rtinchidan, biz jurnalist Latipovning mualliflik fikrlariga qo‘shilamiz.  Jarayonga nisbatan munosabatning video versiyada hisob raqami, yozma versiyada esa depozit haqida gap ketgan. Nima uchun bu maqola oddiy mushtariy fikri chalg‘itilmoqda??? Zotan moliyachilar bu ikki versiyaning farqini juda yaxshi tushunishadi.

Beshinchidan, aytish mumkinki, mazkur maqolada qora PR texnologiyalari yaqqol namoyon bo‘lgan. Hokim - hisob raqam - depozit - shantaj zanjiri tuzilib, targ‘ib qilingan.

Oltinchidan, xorijlik biznesmen bunday ayblovlarni ommaga ovoza qilishdan oldin, o‘zini hurmat qiladigan OAV vakillari esa ushbu ma’lumotlarni 3 taraf bilan aniqlashtirishmay, hech qanday dalillarsiz ommaga e’lon qilishga ham huquqiy ham etika jihatidan haqlari yo‘q ekanini unutmasliklari lozim edi. Yozma dalillar, audio tasma yoki guvohlar tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lsagina bu ma’lumotlarni tarqatish maqsadga muvofiq deb bilamiz.

Yettinchidan, bizga ma’lumki hozirda Minerva city o‘zi moliyaviy inqirozda va quruvchilar tomonidan ko‘plab noroziliklarga uchragan. Bu qora PR ana shu inqiroz holatidan silliq chiqish uchun bir yo‘l emasligiga kim kafolat beradi. Biz shuni ham o‘ylab ko‘rishimiz kerakmikan?!


Bu ham qiziq

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

“Gʻalaba bogʻi” vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muz…
09:38 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar berdi.
15:17 / 17.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!