$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Sugʻurta polislarini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

15:43 / 04.03.2024

“Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan:

• Sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;

• Barcha sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta polislarini faqat qogʻoz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

• Sugʻurta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos boʻladi hamda sugʻurtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi;

• Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurtalovchilar tomonidan koʻrsatiladigan sugʻurta xizmatlari sifati boʻyicha sugʻurtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

Quyidagilarga shartnomalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlash majburiyati yuklatiladi:

• Soliq qoʻmitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini;

• Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini;

• Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Pre…
12:06 / 20.05.2024
Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024
Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani qisman ochishi mumkin

Finlyandiya hukumati yangi qonun loyihasini shoshilinch tayyorlayotgani haqida avvalroq OAVlar xabar bergandi.
11:36 / 20.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin.
11:55 / 20.05.2024
O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

Boshlang‘ich narx bilan taqqoslaganda, avtomobil raqamining narxi ikki-uch barobarga oshgan.
11:21 / 20.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
12:48 / 20.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!