$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Tatyana Karimova Britaniyada Islom Karimov bilan ko‘rishdi

11:25 / 08.09.2023

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova nabiralari bilan Angliya poytaxti London shahrida yig‘ilishdi. So‘nggi vaqtlarda Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib qolgan Maryam Tillayeva ushbu sayohatdan lavhalarni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

Londonga sayohati davomida Tatyana Karimova Gulnora Karimovaning o‘g‘li kichik Islom Karimov va qizi Imon Karimova, Lola Karimovaning farzandi Maryam Tillayeva hamda Imonning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rishib birgalikda shahar kezishgan.

Tatyana Karimovaning to‘satdan Angliyaga sayohat qilishining sababi nabirasi Imon Karimova Londondagi universitetini bitirishi bo‘ldi. Karimovlar oilasining a’zolari esa bunday muhim kunda Imonning yonida bo‘lishni xohlashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013-yildan buyon bir qator moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, Zangiotadagi ayollar qamoqxonasida saqlanmoqda. Birinchi Prezidentning ayoli Tatyana Karimova esa Toshkentda yashamoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublika jamoat fondi faoliyatini yuritadi.

Avvalroq, Karimova qizini ko‘rish uchun qamoqxonaga kirishga ruxsat berishmagani haqida yozib, keyin ushbu postni o‘chirib tashlagan edi.

 


Bu ham qiziq

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

20-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamo…
14:40 / 19.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

Namanganda gullar festivali 7 mln nafar mehmon keladi

“Gullar festivali” ni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqav ochib berdi.
16:53 / 19.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!